AMD Intel’ni ortda qoldiradimi? Shunday bo‘lishi mumkinmi?

  •   Saroy
  •  746
  •  14.09.2018 11:57

AMD Intel’ni ortda qoldiradimi? Shunday bo‘lishi mumkinmi?

Canalys tahlil kompaniyasining hisoboti tarmoqlarda paydo bo‘ldi. Unda mijozlarga kompaniyaning kelgusidagi bashoratlari haqida  ma’lum qilingan. Eng qizig‘i, hisobotda « 2019 yilga kelib protsessorining ishlash smaradorligi bo‘yicha AMD kompaniyasi  Intel’dan o‘tadi» deyilgan. Bu anchayin jur’at bilan aytilgan bashorat bo‘lib, kutilishicha, 7 nanometrli protsessorli AMD Zen 2 bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Uni kelasi yilda chiqarish rejalashtirilgan.

AMD’ning top serverli 7 nanometrli  Zen 2 Epyc chipi haqida joriy yilning boshidanoq ma’lum qilingan edi, Ehtimol, u 2019 yilning birinchi yarmida paydo bo‘lar. Shuni ham aytib o‘tish lozimki,  Canalys tahlil kompaniyasining nufuzli mijozlardan tarkib topgan yaxshigina ro‘yxati mavjud, jumladan, Amazon, Acer, Apple, Samsung, Lenovo va HP.  Shunday ekan uning maslahati ushbu mijozlar tomonidan inobatga olinishi mumkin.

O‘QING:Intel'ning qudratli yangi olti yadroli protsessorlari qaysi noutbuklarga o‘rnatila boshlandi?

Agentlik hamkorlariga AMD protsessorlaridan faol foydalanishni maslahat bermoqda. Shuningdek Canalys’ning yozishicha,  AMD chiplari Fortnite, PUBG yoki SCUM matchlari bilan startap kompaniyalarga juda mos keladi. Bu vaqtda Intel 14 nanometrli chiplarni sotuvga chiqarish muammosini hal etish bilan ovora. Bu ham AMD uchun qo‘l kelmoqda.

Intel 10-nanometrli arxitekturaga o‘tishni faqat kelasi yilning ikkinchi yarmiga yejalashtirmoqda.  Bu vaqtga kelib, PK kompyuterlari va sermerlarda  AMD'ning 7 nanometrli Zen 2   protsessorlari o‘rnatilgan bo‘lishi mumkin. Bunga Intel qanday javob beradi, bunisini vaqt ko‘rsatadi.

O‘QING:AMD «to‘rttasi bittada» EPYC 7000 protsessorlarini taqdim etdi