AMD'ning Nvidia'ga javobi: RX 7900 XTX va RX 7900 XT videokartalari taqdim qilindi

AMD'ning Nvidia'ga javobi: RX 7900 XTX va RX 7900 XT videokartalari taqdim qilindi

AMD kompaniyasi o'zining yangi avlod grafik kartalari, RX 7900 XTX va RX 7900 XT'ni taqdim qildi (The Verge orqali). Ular kompaniyaning RDNA 3 arxitekturasiga asoslangan ilk kartalar bo'lib, bu ularning Ryzen protsessorlariga o'xshash chiplet dizayniga ega ekanligini anglatadi.

RX 7900 XTX flagman modeli 2,3 gigagertsli chastotada ishlaydigan 96 ta hisoblash bloki va 384 bitli 24 GB GDDR6 xotirasiga ega. 450 vattli Nvidia RTX 4090 bilan solishtirganda AMD'ning ushbu videokartasi 350 vatt quvvat bilan samaradorlik ustunligiga ega.

Ma'lum bo'lishicha, Ryzen 9 7950X protsessor va 32GB operativ xotiraga ega kompyuterda RX XTX videokartasi bilan Assassin’s Creed Valhalla o'yinini 8K formatda 96 kadr/sekundda, Cyberpunk 2077 o'yinini 4K formatida 62 kadr/sekundda, 2K rezolyutsiyada esa Apex Legends, Overwatch 2 va Valorant o'yinlarini mos ravishda 300, 600 va 833 kadr/sekundda o'ynash mumkin.

RX 7900 XT modeli esa biroz kuchsiz variant bo'lib, u 2 GGts chastotada ishlaydigan 84 ta hisoblash bloki, 320 bitda ishlaydigan 20 GB GDDR6 xotira ega. Biroq, u o'zining Nvidia tomondagi raqibi, RTX 4080(285 Vt)'dan ko'proq quvvat sarflaydi: 300 Vt.

Ikkala kartalar ham 13-dekabrdan, XTX modeli $999, XT modeli esa $899 narxda sotuvga chiqariladi. Taqqoslash uchun yaqinda Nvidia o'zining RTX 40 seriyasidagi videokartalari $1,199 va $1,599 narxda chiqargan edi.

O'QING: Huawei yangi buklamafon taqdim qildi: tanish dizayn, arzon narx

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!