AMD «to‘rttasi bittada» EPYC 7000 protsessorlarini taqdim etdi

  •   DiMaX
  •  1086
  •  21.06.2017 14:06

AMD «to‘rttasi bittada» EPYC 7000 protsessorlarini taqdim etdi

Asosan protsessorlar ishlab chiqarishi bilan tanilgan AMD kompaniyasi bu borada Intel bilan raqobatlashib keladi. Kecha u taqdim etgan CPU EPYC 7000 turkumiga kiruvchi 12 ta model ham bu kurashda o‘ziga xos zarba bo‘ldi, deb yozadi Servernews sayti.

Mazkur turkumdagi eng yirik – 32 yadroli EPYC server protsessori to‘rtta kristallni o‘z ichiga oladi va ular Infinity Fabric interfeysi yordamida o‘zaro aloqada bo‘ladi.

AMD’ning ushbu ilk server protsessorlari 14 nanometrli Zen mikroarxitekturasiga ega. Ushbu turkum bitta protsessorli va ikkita protsessorli serverlar uchun mo‘ljallangan 8, 16, 24 va 32 yadroli modellarni o‘z ichiga oladi. Shu tariqa, OEM-yig‘uvchilar e’tiboriga 400 AQSh dollaridan 4000 dollargacha narxdagi 12 ta yangi CPU taqdim etiladi.

Ta’kidlash kerakki, EPYC – bu shunchaki «qo‘shaloq Ryzen Threadripper» emas, balki yirik hajmli xotira qurilmalarini qo‘llab-quvvatlovchi to‘laqonli server qurilmasidir.

To‘liqroq ma’lumotni kompaniyaning rasmiy saytidan olish mumkin.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!