Amerikada uchar mototsikl namoyish qilindi

Amerikada uchar mototsikl namoyish qilindi

Asli yaponiyalik, Amerikaning Delaver shtatida joylashgan Aerwins kompaniyasi o'zining XTURISMO nomli uchar mototsikl, yoxud hoverbaykini har yili Detroit shahrida o'tkaziladigan avtoko'rgazmada namoyish qildi.

Ta'kidlash joizki, XTURISMO ilk marta o'tgan yilning kuzida Yaponiyada taqdim qilingan edi. Bu safar esa u Amerika auditoriyasi uchun ko'rsatilgan.

Ma'lum bo'lishicha, ushbu elektro-mototsikl-dron 40 minut atrofida maksimal 100 km/s gacha tezlikda ucha oladi. Kompaniya bunday hoverbayklardan 200 ta ishlab chiqaradi. Ularning har birining narxi esa 777,000 dollar turadi. Albatta, bu "biroz" qimmat bo'lishi mumkin, lekin havotirga o'rin yo'q. Aerwins uchun bu hali ham konsept mahsulot bo'lib, kompaniya 2025-yilgacha uning kichikroq versiyasini 50,000 dollargacha tushirilgan narxda ishlab chiqarishni rejalashtirgan.

O'QING: Yilning eng innovatsion kompaniyalari (2022)