Amerikalik olimlar selfi o‘zaro munosabatlar uchun xavfli ekanini isbotladi

  •   DiMaX
  •  638
  •  12.10.2020 09:09

Amerikalik olimlar selfi o‘zaro munosabatlar uchun xavfli ekanini isbotladi

Odatda ingliz olimlari hamisha texnologiya kashfiyotlaridan xursand bo‘ladi. Florida universiteti xodimlari tomonidan oddiygina taqdiqot olib borildi va kimning Instagram sahifasida qancha do‘stlar bilan selfiga tushgan surati bo‘lsa, ular bilan tez orada aloqani uzish ehtimoli ko‘proqligi isbotlandi, deb yozadi Daryo nashri.

O‘QING: Cyelfining teriga salbiy ta’siri ma’lum qilindi

Olimlar 18 dan 62 yoshgacha bo‘lgan Instagram ijtimoiy tarmog‘ining 420 nafar foydalanuvchisi o‘rtasida kuzatuv ishlarini olib bordi. Unga ko‘ra, sahifalarida juda ko‘p selfi qilgan juftliklar o‘z hayotida qiyinchilikka duch keldi, degan xulosani bildirib, sheriklari bilan tez-tez xayrlashishi aniqlangan.

Psixologlar bu hodisani quyidagicha izohladi. Agar inson selfini sevadigan o‘lsa, bu uning tanasidan mamnunligi va boshqalarga o‘zini ko‘rsatishni xohlashidan dalolat beradi. Kimningdir go‘zal yoki kelishgan juftini ko‘rgan atrofdagi insonlar hasad qila boshlaydi va buning ortidan sababsiz bir necha janjallar kelib chiqadi.

Bu oddiygina Instagram sahifasida joylashtirilayotgan millionlab suratlar kuzatuvidan qilingan xulosa bo‘lib, kuniga necha minglab juftliklar foydalanuvchilarning arzimas safsatalari uchun barchasiga chek qo‘yishga majbur bo‘ladi.

Biroq ushbu tadqiqotda birgina ogohlantirish mavjud. Bunday vaziyatda kim ko‘proq xavf ostida bo‘ladi? Instagram foydalanuvchilarimi yoki o‘z suratlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri hamma bilan bo‘lishadigan sahifa egalarimi? Bir so‘z bilan aytganda, Instagram tarmog‘i chindan ham qutulish yo‘li bo‘lib qolmasin.

O‘QING: Fotokamera qarshisida halokat yoki selfi nega taqiqlanmoqda?

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!