Amerikaliklarning o‘zlari qaysi iPhone’larni ko‘proq olishyapti?

  •   DiMaX
  •  1964
  •  07.01.2021 13:52

Amerikaliklarning o‘zlari qaysi iPhone’larni ko‘proq olishyapti?

O‘tgan yilning uchinchi choragida dunyo bo‘yicha eng ko‘p sotilgan smrtfonlar reytingida birinchi va ikkinchi o‘rinlarni Apple’ning ikkita modeli egallagan edi. Consumer Intelligence Research Partners agentligi esa 2020 yilning kuz oylarida AQShda qaysi ayfonlar ko‘p sotilganini e’lon qildi.

O‘QING: TOP-10: Eng xaridorgir 5G-smartfonlar reytingida kutilmagan lider!

Tadqiqotlar natijalariga ko‘ra, o‘tgan yilning oktyabr–noyabr oylarida yangi chiqqan – o‘n ikkinchi avlod ayfonlar yuqori darajada talabgir bo‘lgan. Turkumning to‘rtala vakili – iPhone 12, iPhone 12 Pro, iPhone 12 Pro Max hamda iPhone 12 mini modellari ayfon bozorining naq 76 foizini egallab olgan.

Ularning orasida aynan standart modeli amerikaliklarga ko‘proq ma’qul kelgan – xaridorlarning 27 foizi shuni tanlagan. Yangi oilaning eng kichkintoyi – iPhone 12 mini esa kutilganidek sotilmagan – uning hisssiga bor-yo‘g‘i 6 foiz to‘g‘ri kelgan!

O‘QING: iPhone 12 mini sotib olish uchun to‘rtta sabab