Amir Temur sharafiga yaratilgan ilk videoo‘yin – «Mangu Sarkarda»ni qarshi oling! (+video)

  •   DiMaX
  •  9924
  •  21.12.2020 13:38

Amir Temur sharafiga yaratilgan ilk videoo‘yin – «Mangu Sarkarda»ni qarshi oling! (+video)

O‘zbekistonda sohibqiron Amir Temur aks etgan ilk o‘yin – «Mangu Sarkarda» yaratildi. Uni 29 kishilik jamoa 1 yil davomida, o‘yin sanoatida eng ishonchlilaridan bo‘lgan Unreal Engine mexanizmi asosida ishlab chiqqan, deb yozadi Sof.uz.

O‘QING: 2020 yilning eng zo‘r Android-o‘yinlari (Google Play talqini)

Yangi o‘yinning qamrov darajasi AAA o‘lchamini tashkil etadi. Madaniy-ma’rifiy xarakterga ega o‘yin strategik o‘yinlar turiga kirib, voqealar rivoji tarixiy haqiqat asosida, XIV asrda ro‘y beradi.

«Mangu Sarkarda» – sohibqiron Amir Temur aks etgan va uning sharafiga yaratilgan ilk video o‘yin hisoblanadi. Unda  to‘g‘ridan-to‘g‘ri Amir Temur obrazidan foydalanilmaydi, balki uning ishonchli kishisi timsolida voqealar yoritib borilgan.

O‘yin UIC Games tomonidan yaratilgan bo‘lib, qiziqarli tarixiy syujet asosida ishlab chiqilgan. Eng kichik detallarigacha aniqlikda ishlab chiqilgan muhit, reallikka asoslangan, moziyni aks ettirgan raqamli texnologiyalar mahsuloti – «Mangu Sarkarda» o‘zida jamlagan sifatlardir.

O‘QING: Epic Games avjiga chiqdi: Yangi yil arafasida u naq 15 ta o‘yinni bepul beryapti!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!