Amiti universiteti 5 kunlik onlayn dasturini taqdim etadi

  •   DiMaX
  •  297
  •  10.06.2021 13:22

Amiti universiteti 5 kunlik onlayn dasturini taqdim etadi

Toshkent shahridagi Amiti universiteti 5 kunlik «O‘qituvchilar malakasini oshirish» onlayn dasturini taqdim etadi. Ushbu dastur o‘qituvchilarning pedagogik mahoratini rivojlantiradi, deb yozadi Xabar.uz nashri.

O‘QING: Uyali aloqa operatori 32 ta saytga bepul kirish muddatini uzaytirdi

Dasturni Hindiston, AQSh, Shri-Lanka va Bangladeshdan dunyoning taniqli va yuqori malakali professorlari olib boradilar.

Hozirgi kunda ingliz tili o‘qituvchilari onlayn darslar davomida duch kelayotgan ko‘plab muammolar muhokama qilinadi:

  • talabalarning e’tiborini jalb qilish;
  • AKT vositalari bilan samarali ishlash;
  • onlayn/oflayn o‘qitish jarayonlari o‘rtasidagi uslubiy farqlar.

Davomiyligi: 2021 yilning 14–18 iyun kunlari

Vaqti: 9:30 dan 18:00 ga qadar

Dars usuli: Onlayn

Ro‘yxatdan o‘tish narxi: 100 000 so‘m

To‘lov qilish uchun havola: https://payme.uz/fallback/merchant/?id=5f197650343eb86f54d34aba

Koordinatorlar:

Dr. Supriya Banerjee (+998 97 100 86 30)

Dr. Shravasti Chakravarty (+998 97 100 86 33)

Zebo Ziyamuddinova (+99890 012 67 62)

E-mail: [email protected]

Ro‘yxatdan o‘tish uchun havola: https://bit.ly/3chkuAo

O‘QING: Diplomatiya universitetiga kira olmagan qiz Tesla’ga ishga kirdi!