Ana bo‘lmasam! Nokia 9 PureView’ni saqich qog‘ozi bilan buzib kirishdi!

Ana bo‘lmasam! Nokia 9 PureView’ni saqich qog‘ozi bilan buzib kirishdi!

Twitter ijtimoiy tarmog‘ida yap-yangi Nokia 9 PureView smartfoniga buzib kirilgan video e’lon qilindi. Telefon foydalanuvchilari barmoq izi skanerini buzib kirishga muvaffaq bo‘lishgan.

Nokia 9 PureView smartfoni ekranga joylangan barmoq izi skaneriga ega bo‘lgan. Decodedpixe nikli Twitter foydalanuvchisi yangi qurilmani chaynaluvchi saqich qog‘ozi yordamida blokdan chiqargan videosini e’lon qildi. Avvaliga video muallifi barmog‘i bilan smartfonni blokdan chiqargan, so‘ng smartfonni o‘chirib va qaytadan yoqib saqich qog‘ozi vositasida buzib kirgan.

Tarmoq foydalanuvchilarining aytishicha, telefonni kog‘oz folgasi yoki boshqa inson barmoq izi yordamida ham blokdan chiqarish mumkin. Ushbu muammo Android 9 tizimi yangilanishi tufayli deb hisoblanmoqda.

O‘QING: Nokia 9 PureView fotoflagmani namoyish qilindi – besh modulli kameraga ega ilk smartfon!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!