Ana endi Ilon Mask Twitter'ning haqiqiy "qiroli" bo‘ldi

Ana endi Ilon Mask Twitter'ning haqiqiy

Ilon Mask o‘zining Twitter ijtimoiy tarmog‘ida eng ko‘p kuzatuvchilarga ega bo‘lgan Barak Obamani taxtdan ag‘darib, bu boradagi "qirollik toji"ni tortib oldi. Ayni vaqtda Ilon Mask 133,389,238 million obunachiga ega bo‘lsa, Barak Obamada ushbu ko‘rsatkich 133,010,708 tani tashkil qiladi (The Verge orqali).

Albatta, milliarderning Twitter’ni 44 milliard dollarga sotib olishi uning ijtimoiy tarmoqdagi obunachilari soni raketadek uchishiga sabab bo‘lgan. U o‘tgan yilning iyun oyida 100 millionlik chegaradan o‘tgan edi va shundan beri uning obunachilari soniyasiga ko‘payishda davom etmoqda.

Ba’zan kulgili va ba’zan uning boshini muammolarga tiqib qo‘yadigan haqoratli memlar ulashib turadigan Twitter sahifasida, Ilon Mask o‘zining 133.3 milliondan ortiq obunachilariga ijtimoiy tarmoqda bo‘ladigan o‘zgarishlarga oid yangiliklarni e’lon qilish, shu bilan birga, Tesla va SpaceX yangiliklaridan xabardor qilish uchun foydalanadi. Vaqti-vaqti bilan siz uning akkauntida muhim so‘rovnomalar o‘tkazilishi guvohi ham bo‘lishingiz mumkin, masalan, Donald Trampni Twitter'ga qaytarish yoki o‘zining Twitter bosh direktorligi lavozimidan ketishligi to‘g‘risidagi kabi.

Top 10

Hozirda Twitter'da obunachilari soni bo‘yicha eng kuchli o‘ntalik akkauntlar ro‘yxati quyidagicha (2023-yil 2-aprel sanasiga ko‘ra):

  1. Ilon Mask – 133.3 million
  2. Barak Obama – 133 million
  3. Jastin Biber – 132.2 million
  4. Keti Perri – 108.3 million
  5. Rianna – 108.2 million
  6. Krishtianu Ronaldo – 108.1 million
  7. Teylor Svift – 92.5 million
  8. Narendra Modi – 87.5 million
  9. Donald Tramp – 87.3 million
  10. Ledi Gaga – 84.3 million

O‘z platformasida hammadan ko‘p obunachilarga ega Instagram ijtimoiy tarmog‘idan farqli o‘laroq, Twitter o‘z uyida eng ko‘p obunachili akkauntning yarmiga ham bormaydigan kuzatuvchilar soniga ega – 65.6 million.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!