Andijonda ikki yilda 16 ta raqamli texnologiyalar o‘quv markazi ochiladi

  •   DiMaX
  •  1195
  •  25.05.2020 15:04

Andijonda ikki yilda 16 ta raqamli texnologiyalar o‘quv markazi ochiladi

Andijonda zamonaviy infratuzilmaga ega bo‘lgan Digital City nomli texnopark tashkil etilganligidan xabaringiz bor. Mazkur dargoh viloyat aholisi, shu jumladan yoshlar uchun kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishni o‘rgatishga ham mo‘ljallangan, deb yozadi AKT vazirligi.

O‘QING: O‘zbek tadqiqotchisi koronavirusga qarshi qurilma yaratdi!

Ta’kidlash joizki, O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyevning yoshlarga oid davlat siyosatini yangi bosqichga olib chiqishga qaratilgan topshiriqlari ijrosini ta’minlash maqsadida doimiy ravishda ish olib bormoqda.

Xususan, Andion viloyatida joriy yil yakuniga qadar 6 ta raqamli texnologiyalar o‘quv markazi, 2021 yil yakuniga qadar barcha shahar va tumanlarda jami 16 ta IT-Markaz ochilishi rejalashtirilgan hamda yiliga 5 mingdan ziyod yoshlarni o‘qitish va axborot texnologiyalari yo‘nalishidagi o‘qituvchilarning malakasini oshirish imkoniyati yaratiladi.

2020 yil yakuniga qadar viloyatdagi 764 o‘rta umumta’lim maktablardagi 19,2 ming nafar 7-11 sinf o‘quvchilarini «Bir million o‘zbek dasturchi» («One Million Uzbek Coders») loyihasi doirasida o‘qitish va o‘qishni muvaffaqiyatli yakunlagan tinglovchilarni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga onlayn tizim (sirtqi) o‘qishga qabul qilish belgilangan.

Shuningdek, o‘quvchilarning amaliy ko‘nikmalarini oshirish maqsadida Andijon Digital City texnoparki rezidentlari bilan turli xil amaliy mashg‘ulotlar, laboratoriya darslari o‘tkaziladi, qo‘shma loyihalar, frilans hamda startap loyihalarini amalga oshirishi rejalashtirilgan.

Ushbu tadbirlarni amalga oshirish natijasida 2022 yil yakuniga qadar Andijon viloyati bo‘yicha AKTga istisoslashgan 4 mingdan ziyod malakali mutaxassislar va yangi ish joylari yaratiladi.

Ma’lumot uchun: Andijon viloyatida jami 3,1 million aholi mavjud. Shundan 8-30 gacha bo‘lgan yoshlar 1,2 million (39 foiz) tashkil etadi. Hozirda viloyat bo‘ylab 764 maktablarda axborot texnologiyalari yo‘nalishida 1 228 nafar o‘qituvchi faoliyat olib bormoqda va maktablarda tashkil etilgan 711 ta to‘garaklarda 48,5 ming tinglovchi o‘qitildi.

O‘QING: O‘zbekiston internet tezligi bo‘yicha dunyo reytingida 37 pog‘ona ko‘tarildi

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!