Android 10 bazasidagi EMUI 10’gacha yangilanmaydigan Huawei va Honor smartfonlari ro‘yxati chiqdi

  •   DiMaX
  •  1433
  •  16.01.2020 14:02

Android 10 bazasidagi EMUI 10’gacha yangilanmaydigan Huawei va Honor smartfonlari ro‘yxati chiqdi

Huawei kompaniyasi allaqachon aksariyat smartfonlariga EMUI 10 grafik qobig‘iga asoslangan proshivkalarni tarqatmoqda. Ammo uning ayrim modellari, garchi uncha eski bo‘lmasa-da, hozirgacha EMUI 9 bilan qolayotir.

O‘QING: RASMAN: Huawei va Honor smartfonlari hamda planshetlarining Android 10’gacha yangilanish jadvali

Huawei Central nashrining yozishicha, xitoylik texnogigantning shunday ayrim smartfonlari EMUI 10 bazasidagi proshivkaga umuman yangilanmaydi. Ular quyidagi modellardir:

  1. Honor Play
  2. Honor 9
  3. Honor 9 Lite
  4. Honor 8X Max
  5. Huawei Y9 2019
  6. Huawei Nova 3
  7. Huawei Nova 3i
  8. Huawei P20 Lite

O‘QING: AnTuTu reytingi: Samsung, Huawei, MediaTek va Qualcomm – qay biri eng zo‘r?

Huawei vakillarining izohlashicha, bu smartfonlar Android 10 bazasidagi EMUI 10’gacha yangilanmasligining sababi – ularning apparat ta’minotidagi cheklovlardadir. Ya’ni, ushbu qurilmalarning protsessorlari yangi proshivkani «ko‘tara olmaydi», demoqda kompaniya.

Biroq ushbu sabab birmuncha g‘alati tuyulyapti, ayniqsa – Honor Play masalasida. Mazkur model 2018 yili taqdim etilgan bo‘lib, Kirin 970 protsessorida ishlaydi. Ayni shu chipsetga asoslangan Huawei P20 hamda Huawei Mate 10 flagmanlari esa EMUI 10 qobiqli Android 10’gacha yangilanayotgan 14 smartfon ro‘yxatida bor.

O‘QING: "Apple, chetga o‘t!": Huawei yangi flagman taqdim etdi (+fotogalereya)