Android 10 Q Beta 4 muammolari hal etildi – uni endi bemalol o‘rnatish mumkin!

  •   DiMaX
  •  614
  •  13.06.2019 11:01

Android 10 Q Beta 4 muammolari hal etildi – uni endi bemalol o‘rnatish mumkin!

Google kompaniyasi o‘tgan haftada o‘ninchi avlod operatsion tizimining yangi beta-versiyasini chiqargan edi. Terabayt.uz esa mazkur yangilanishni yuklab olish mumkin bo‘lgan smartfon modellarining ro‘yxatini e’lon qilgan. Lekin oradan ko‘p o‘tmasdan...

O‘QING: Android Q Beta 4 to‘xtatildi – u smartfonlarni butkul ishdan chiqaryapti!

Android 10 Q to‘rtinchi beta-talqinigacha yangilangan Google Pixel modellari so‘ngsiz o‘chib-yonish jarayoniga tushib qolgach, qidiruv giganti bu apdeytning tarqatilishini to‘xtatgandi. Endi esa kompaniya dasturchilari ushbu dasturiy ta’minot nuqsonlarini bartaraf etishdi. Google bu haqda xabar berib, xohlovchilar smartfonlarini Android 10 Q Beta 4 versiyasigacha yangilab olishlari mumkinligini ma’lum qildi.

Beta-sinov dasturida allaqachon ro‘yxatdan o‘tgan barcha qurilmalar, shu jumladan, oldingi – ayrimlarda muammoli chiqqan Android 10 Q Beta 4 jamlanmasini o‘rnatib olganlar ham endi QPP4.190502.019 versiyasidagi yangilanishni qabul qilib oladilar. Avval to‘rtinchi beta-talqingacha yangilangan smartfonlar uchun uning hajmi atigi 300 kilobaytni tashkil etadi, qolganlar esa to‘laqonli – katta hajmli apdeytni o‘rnatishlariga to‘g‘ri keladi.

Smartfoniga mazkur yangilanish «havo orqali» kelishini kutishni istamagan foydalanuvchilar esa uni mana bu havola orqali o‘zlari yuklab olib o‘rnatishlari mumkin.

O‘QING: Android 10 Q’gacha yangilanuvchi Samsung smartfon va planshetlari ro‘yxati

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!