Android 10 Q’gacha yangilanuvchi Samsung smartfon va planshetlari ro‘yxati

  •   DiMaX
  •  4030
  •  10.05.2019 17:29

Android 10 Q’gacha yangilanuvchi Samsung smartfon va planshetlari ro‘yxati

Google kompaniyasi kuni kecha Android 10 Q operatsion tizimini e’lon qildi, ammo foydalanuvchilarga u kuzga yaqin butkul taqdim etiladi. Shunga qaramasdan, mazkur tizimni ayrim smartfonlar egalari hoziroq beta-talqinda sinab ko‘rishlari mumkin.

O‘QING: RASMAN: Android Q uchinchi beta-versiyasigacha yangilanuvchi smartfonlar ro‘yxati

Yuqoridagi maqolada keltirilgan ro‘yxatga e’tibor bergan bo‘lsangiz payqagandirsiz – unda birorta ham Samsung gadjeti yo‘q. Lekin aslida janubiy koreyaliklar o‘zlarining bir qator smartfon va planshetlarini Android 10 Q talqinigacha yangilashni rejalashtirgan.

SamMobile resursi o‘ninchi versiyadagi operatsion tizimgacha yangilanuvchi Samsung Galaxy qurilmalari ro‘yxatini e’lon qildi:

  1. Galaxy Fold
  2. Galaxy S10e
  3. Galaxy S10 (Sotib olish)
  4. Galaxy S10+ (Sotib olish)
  5. Galaxy S9
  6. Galaxy S9+
  7. Galaxy Note 9 (Sotib olish)
  8. Galaxy A9 (2018)
  9. Galaxy A7 (2018)
  10. Galaxy A6 (2018) (Sotib olish)
  11. Galaxy A6+ (2018)
  12. Galaxy A80
  13. Galaxy A70 (Sotib olish)
  14. Galaxy A50 (Sotib olish)
  15. Galaxy A40 (Sotib olish)
  16. Galaxy A30 (Sotib olish)
  17. Galaxy A20 (Sotib olish)
  18. Galaxy A20e
  19. Galaxy A10 (Sotib olish)
  20. Galaxy J6
  21. Galaxy J6+
  22. Galaxy J8
  23. Galaxy J8+
  24. Galaxy M10
  25. Galaxy M20
  26. Galaxy M30
  27. Galaxy Tab S4 (Sotib olish)
  28. Galaxy Tab S5e
  29. Galaxy Tab A 10.1 (2019)
  30. Galaxy Tab A 10.5 (2018)

Umuman olganda Galaxy devayslarining Android Q talqinigacha yangilanishi mantig‘i bunaqa: agarda qurilma Android 8.0 Oreo yoki undan keyingi versiyali operatsion tizim bilan taqdim etilgan bo‘lsa, unga o‘ninchi «yashil robotcha» kelishi ehtimoli yuqori. Boshida Android 7.0 Nougat va undan avvalgi versiyali operatsion tizim bilan chiqarilgan devayslar Android Q talqinigacha yangilanmaydi. Samsung kompaniyasi 2018 yildan boshlab o‘z smartfonlariga Android Oreo tizimini o‘rnatib chiqara boshlaganini hisobga olsak, undan avvalgi modellar egalari umid qilmasalar ham bo‘ladi.

Darvoqe, turli rusumlardagi Samsung telefonlarini Terashop.uz internet-do‘konimizdan 451 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlar evaziga sotib olish imkoni bor.

O‘QING: Galaxy S10+ 5G bilan bellashuvchi Galaxy A70 ham Terashop.uz’ga yetib keldi! Samsung smartfonlari narxlari (2019 yil 7 may)

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!