Android 10 rasman namoyish qilindi, unga yangilanuvchi smartfonlar ro‘yxati bilan tanishing!

  •   DiMaX
  •  3339
  •  04.09.2019 17:46

Android 10 rasman namoyish qilindi, unga yangilanuvchi smartfonlar ro‘yxati bilan tanishing!

Google kompaniyasi o‘z mobil operatsion tizimining o‘ninchi versiyasini taqdim etdi; uning Pixel qurilmalari allaqachon Android 10 talqinigacha yangilanishlari mumkin. Boshqa ishlab chiqaruvchilarning turli smartfonlari uchun mazkur apdeyt qachon tarqatilishini esa quyida ko‘rib chiqamiz.

O‘QING: Androidlar endi shirinliklar nomi bilan atalmaydi

Google allaqachon o‘zining quyidagi smartfonlari uchun Android 10 proshivkasini tarqata boshlagan:

  1. Pixel 3a
  2. Pixel 3a XL
  3. Pixel 3
  4. Pixel 3 XL
  5. Pixel 2
  6. Pixel 2 XL
  7. Pixel
  8. Pixel XL

Samsung ayni damda Android-smartfonlar ishlab chiqaruvchi eng yirik kompaniya bo‘lib, so‘nggi ikki yildagi flagmanlari uchun Android 10 bazasidagi proshivka tarqatishi kutilmoqda. Mazkur modellar ro‘yxati esa quyidagicha:

  1. Galaxy Note 10
  2. Galaxy S10 (Sotib olish)
  3. Galaxy S10+ (Sotib olish)
  4. Galaxy S10e (Sotib olish)
  5. Galaxy S9
  6. Galaxy S9+
  7. Galaxy Note 9

Shuningdek, yana Galaxy S8, Galaxy S8+ va Galaxy Note 8 ham keyinroq o‘ninchi versiyadagi Android’gacha yangilanishi mumkin, lekin bu hali aniq emas.

O‘QING: Galaxy A71 smartfoni ham Geekbench’da kuchini ko‘rsatdi: Android 10 va 8 GB «operativka»!

Huawei kompaniyasi ham Android-devayslar bozorining yirik vakillaridan biri, ammo keyingi paytlarda AQSh sanksiyalari sababli sal qiynalib qolgani ma’lum. Garchi xitoylik texnogigant o‘z smartfonlarining Android 10 talqinigacha yangilanishi borasida rasman bir nima demagan bo‘lsa-da, quyidagi modellariga ushbu apdeyt tarqatilsa kerak:

  1. Huawei P30 (Sotib olish)
  2. Huawei P30 Pro (Sotib olish)
  3. Huawei P30 Lite (Sotib olish)
  4. Huawei P20
  5. Huawei P20 Lite (Sotib olish)
  6. Huawei Mate 20
  7. Huawei Mate 20 Pro
  8. Huawei Mate 20 Lite
  9. Huawei Mate 20 X
  10. Honor View 20

O‘QING: Telegram dasturchilari Xiaomi va Huawei smartfonlari egalariga zo‘r maslahat berishdi

Operatsion tizim yangilanishlari haqida gap ketganida, Nokia brendi alohida ajralib turadi – uning barcha smartfonlari «toza» Android boshqaruvi ostida ishlaydi. Ularga alohida grafik qobiq ishlab chiqilishiga hojat bo‘lmaganligi bois, kompaniya allaqachon o‘z gadjetlarining Android 10 talqinigacha yangilanish jadvalini e’lon qilgan:

Demak, joriy yilning to‘rtinchi choragida ushbu brendning quyidagi modellari Android 10 versiyasigacha yangilanadi:

  1. Nokia 7.1
  2. Nokia 8.1
  3. Nokia 9 Pureview

2020 yilning birinchi choragida apdeyt mana bu modellarga keladi:

  1. Nokia 6.1
  2. Nokia 6.1 Plus
  3. Nokia 7 Plus
  4. Nokia 2.2
  5. Nokia 3.1 Plus
  6. Nokia 3.2
  7. Nokia 4.2
  8. Nokia 1 Plus
  9. Nokia 5.1 Plus
  10. Nokia 8 Sirocco

Kelasi yilning ikkinchi choragida mana bu smartfonlar o‘ninchi talqindagi «yashil robotcha» bilan do‘stlashadi:

  1. Nokia 2.1
  2. Nokia 3.1
  3. Nokia 5.1
  4. Nokia 1

O‘QING: IFA2019 ko‘rgazmasida Nokia naq oltita modelini namoyish qiladi!

O‘z smartfonlari uchun operatsion tizim yangilanishlariga jiddiy e’tibor qaratuvchi yana bir brend OnePlus hisoblanadi. Uning quyidagi qurilmalariga yaqin orada Android 10 bazasidagi proshivka tarqatilishi kutilmoqda:

  1. OnePlus 7
  2. OnePlus 7 Pro
  3. OnePlus 6T
  4. OnePlus 6
  5. OnePlus 5T
  6. OnePlus 5

Xullasi kalom, yuqoridagi smartfonlar Android 10 talqini asosida tayyorlangan proshivkaga yangilanishi kutilmoqda, ammo buning qachon amalga oshishi hozircha aniq emas.

O‘QING: Tadqiqot: Qaysi smartfonlar eng uzoq vaqtgacha operatsion tizimi yangilanib turadi?

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.