Android 10 taqdim etilmasidan Android 11 e’lon qilindi: Google unga «imkonsiz» funksiyani qo‘shyapti!

  •   DiMaX
  •  3169
  •  22.05.2019 14:51

Android 10 taqdim etilmasidan Android 11 e’lon qilindi: Google unga «imkonsiz» funksiyani qo‘shyapti!

Google I/O konferensiyasi doirasida qidiruv giganti Android Q operatsion tizimining to‘laqonli anonsini berdi. Biroq uni barcha foydalanuvchilar uchun taqdim etishgani yo‘q, hozircha faqat testerlar uning beta-versiyalarini sinab ko‘rishyapti.

O‘QING: RASMAN: Android Q uchinchi beta-versiyasigacha yangilanuvchi smartfonlar ro‘yxati

Google esa allaqachon o‘n birinchi avlod operatsion tizimi – Android R talqinini tayyorlashga kirishgan. Kutilmaganda kompaniyaning Android ishlanmasiga mas’ul vitse-prezident Deyv Byork (Dave Burke) bu haqda so‘z ochib qoldi. Bugina emas, u shu paytgacha imkonsiz hisoblangan bitta funksiyaning Android talqiniga joriy etilayotganini ham ma’lum qilgan.

Ayrim (Xiaomi, Huawei, Samsung kabi) smartfonsozlarning turli gadjetlarida uzun skrinshotlar olish funksiyasi mavjud. Bunda ochiq turgan sahifaning faqat ekranda aks etayotgan qismini emas, balki o‘zini butunicha bitta rasm qilib olish mumkin.

O‘tgan yilning iyunida Pixel smartfonlari foydalanuvchilari Google’ga murojaat etib, shuni Android’ning o‘ziga – barcha smartfonlarda amal qiladigan tarzda joriy etishni so‘rashgan. O‘shanda kompaniya o‘z dasturchilariga mazkur topshiriqni bergan, ammo bir necha oy o‘tgach, bu funksiyani joriy etish «imkonsiz» ekanini aytgan edi.

Endi esa, Google I/O 2019 tadbirida Deyv Byork ushbu opsiyani texnik jihatdan amalga oshirish imkoni topilganini aytdi. Vitse-prezident uzun skrinshot olish funksiyasi Android 11 R talqiniga joriy etilayotganini ham aytib o‘tdi. To‘g‘ri, o‘n birinchi «yashil robotcha»li tizim hali 2020 yildagina taqdim etiladi.

O‘QING: Qaysi smartfonlar egalari Android Q’ni birinchilar qatorida sinab ko‘rishadi?

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!