Android 10 tizimida smartfoningiz ajoyib xususiyatga ega bo‘ladi!

  •   DiMaX
  •  1779
  •  13.11.2018 13:23

Android 10 tizimida smartfoningiz ajoyib xususiyatga ega bo‘ladi!

Google kompaniyasi Android operatsion tizimining yangi versiyasi ustida ishlashni allaqachon boshlab yuborgan. Insayderlar esa unga kiritiladigan yangi imkoniyatlarni ham hozirdanoq oshkor etishmoqda.

O‘QING: Android 9 o‘ta «ochofat» chiqdi, bu muammoni qanday hal etamiz?

Xabaringiz borki, ekranni ikkiga ajratuvchi Split-screen rejimida Android tizimi bir vaqtning o‘zida ikkita ilovani ishga tushira oladi. Ammo bunda real vaqt rejimida ulardan bittasigina ishlab turadi. Masalan, bir vaqtning o‘zida ekranda video hamda o‘yinni ochish mumkin, ammo unda o‘yin o‘ynayotganingizda video pauzada bo‘lib turadi va aksincha. Split-screen rejimida ikkita ilovaning bir vaqtda ishlashiga imkon beruvchi jihoz Android’ning o‘zida mavjud emas.

Android 10 talqinida esa Multi-resume deb nomlanuvchi funksiya joriy etilyapti va barcha ilovalar uni qo‘llab-quvvatlashi majburiy bo‘ladi. Mazkur funksiyaning mohiyati shundaki, unda bir vaqtning o‘zida ekrandagi turli oynalarda bir nechta ilova baravariga ishlay oladi.

Shuningdek, Multi-resume funksiyasini keyinroq Android 9 Pie talqiniga ham qo‘shishlari aytilmoqda. Omon bo‘lsak ko‘rarmiz – bu boradagi yangiliklarni biz bilan birga kuzating!

O‘QING: TO‘LIQ JADVAL: Qaysi smartfonlar Android 9 Pie’gacha qachon yangilanadi?

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.