Android 10 tizimli eng mitti, lekin to‘laqonli va kuchli smartfon chiqdi (+video)

  •   DiMaX
  •  1169
  •  22.07.2020 11:47

Android 10 tizimli eng mitti, lekin to‘laqonli va kuchli smartfon chiqdi (+video)

Unihertz kompaniyasi o‘zining mitti, ammo to‘laqonli funksiyalarga ega bo‘lgan smrtfonlari bilan mashhur. Jumladan, ikki yil avval u Atom rusumli qurilmasini taqdim etgan, keyin esa...

O‘QING: Video: eng mitti smartfonning mustahkamligini ayamasdan sinab ko‘rishdi!

Endi esa Unihertz kompaniyasi Kickstarter kraudfanding maydonchasida navbatdagi – Jelly 2 modelidagi smartfonini taqdim qildi. U ayni damda Android 10 operatsion tizim talqiniga ega bo‘lgan eng mitti smartfon hisoblanadi – ekranining o‘lchami diagonaliga atigi 3 dyuymni tashkil etadi!

Jelly 2 displeyi 480x384 piksellik aniqlikda tasvir uzatadi. Uning akkumulyatori esa 2000 mA/soatlik tok sig‘imiga ega.

Yana bu smartfoncha kontaktsiz to‘lovlar uchun NFC moduli bilan ham ta’minlanganiga nima deysiz!?

O‘QING: Dunyodagi eng mitti mini-kompyuter namoyish qilindi

Mittivoyning boshqa jihatlari ham joyida: tezkor xotirasi naq 6, doimiy xotirasi bo‘lsa 128 gigabaytlik; tag‘in microSD-karta uyachasi ham mavjud. Uning apparat ta’minoti asosida MediaTek Helio P60 platformasi yotadi. Bu protsessorning imkoniyatlari mazkur smartfon uchun hatto ortiqchalik ham qiladi – axir, 3 dyuymlik ekranda hech kim PUBG Mobile kabi «og‘ir» o‘yin o‘ynamasa kerak.

Unihertz Jelly 2 orqa panelida 16 megapiksellik bosh kamera va uning fotochaqnog‘i, shuningdek barmoq izi skaneri ham bor. Smartfonning old kamerasi esa 8 megapiksellik aniqlikda.

Quyidagi videolavhada Unihertz Jelly 2 bilan batafsilroq tanishamiz:

Unihertz kompaniyasi Jelly 2 uchun jamoaviy moliyalashtirish doirasida 129 AQSh dollari miqdorida narx belgilagan.

O‘QING: Noodatiy dizaynga ega 10 ta mobil telefon