Android 10 tizimli smartfon atigi 99 dollardan sotila boshladi

  •   DiMaX
  •  2129
  •  25.06.2020 10:45

Android 10 tizimli smartfon atigi 99 dollardan sotila boshladi

Amerikaning Blu Products kompaniyasi o‘zining yangi – Blu G90 rusumli smartfonini namoyish qilib, savdoga qo‘ydi. Boshida uni 99 dollardan taklif etishyapti, keyinroq esa o‘z narxida – 149 dollardan sotiladi.

O‘QING: Nokia atigi 70 dollardan boshlanuvchi ikkita smartfon taqdim etdi

Ko‘plab amerikalik kompaniyalar singari, Blu Products ham o‘z brendi ostidagi smartfonlarni Xitoyda ishlab chiqaradi. Uning yangi modeli esa o‘lchami 6,5 dyuymlik, tomonlari o‘zaro 18:9 nisbtli IPS ekran bilan jihozlangan. Displey aniqligi 1440x720 piksellik, uning tomchisimon kemtigida esa 13 megapiksellik selfi-kamera o‘rnatilgan.

Blu G90 bosh kamerasi esa 16, 8 va 2 megapiksellik sensorlarni va fotochaqnoqni o‘z ichiga oladi. Android 10 tizimi bilan chiqarilgan ushbu smartfonning orqa paneliga barmoq izi skaneri ham joylangan.

O‘QING: Istalgan Android-smartfonning barmoq izi skaneriga tezkor funksiyalar qo‘shamiz

Kompaniya bu smartfonini MediaTek Helio A25 protsessori bazasida tayyorlagan, unga 4 gigabaytlik tezkor xotira hamrohlik qiladi. Qurilmaning doimiy xotirasi hajmi 64 gigabaytlik bo‘lib, yana MicroSD formatidgi xotira kartasi uchun ham joy ajratilgan.

Blu G90 akkumulyatorining tok sig‘imi 4000 mA/soatlik va u 10 vattlik texnologiya asosida quvvat oladi. Smartfonning jamlanmasiga USB-C kabeli va quloqchindan tashqari ekran himoya shishasi va g‘ilof, shuningdek brend stikeri ham kiritilgan.

O‘QING: Apple’ning ziqnaligi avjiga chiqdi: u iPhone qadog‘idan muhim aksessuarni olib tashlayapti!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!