Android 10’gacha allaqachon yangilangan smartfonlar hamda undagi o‘zgarishlar ro‘yxati – Galaxy A50 misolida

  •   DiMaX
  •  2868
  •  27.04.2020 11:51

Android 10’gacha allaqachon yangilangan smartfonlar hamda undagi o‘zgarishlar ro‘yxati – Galaxy A50 misolida

Qidiruv giganti Android 10 tizimini 2019 yilning kuzida chiqargan bo‘lsa ham, uni dastlab o‘zining Pixel deb nomlangan qurilmalariga tarqatgan. Google kompaniyasi odatda mobil operatsion tizimining har bir yangi talqinini avvalo o‘zining Pixel smartfonlariga tarqatadi. Shundan keyin boshqa kompaniyalarning, asosan flagman smartfonlari ushbu yangilanishni oladi.

O‘QING: Siz kutgan funksiya qaysi Android-smartfonlarga qaytyapti – Google aniqlik kiritdi

Har bir smartfonsoz o‘z qurilmalari uchun tizim yangilanish muddatini va bu apdeyt dastlab qaysi mintaqalarda tarqatilishini o‘zi belgilaydi. Shuningdek, kompaniyalar Google tomonidan taqdim qilingan tizim grafik ko‘rinishini o‘z qurilmalari uchun moslashtiradi (One UI, EMUI, MIUI... kabi) va bu moslashtirilgan dasturiy ta’minot grafik qobiq deb nomlanadi.

Tizim yangilanishidan so‘ng qo‘shiladigan qo‘shimcha imkoniyatlar ham shu grafik qobiq bilan bog‘liq. Masalan, Huawei smartfonlari tizim yangilanishidan keyin o‘zgarishlar uncha ko‘zga tashlanmasa, Samsung Galaxy seriyasida aksincha, ko‘rinishi va imkoniyatlar o‘zgarganligi yaqqol sezilishi mumkin.

Hozirgacha quyidagi ro‘yxatda ko‘rsatilgan smartfon modellarini Android 10 tizimiga yangilanish jarayoni boshlangan. Ya’ni, ma’lum bir davlatlar foydalanuvchilari tizim yangilanishini qabul qilishgan bo‘lsa, boshqalarga esa yaqin kunlarda kelishi rejalashtirilgan.

Samsung Galaxy smartfonlari: S10 seriyasi va S10 5G, M20 va M30, Note 10 seriyasi, Note 9, S9 seriyasi, A90 5G, A50s, A30, A70, A70s, A6 (2018), A40, A80, A50, A7 (2018), M30s, Fold, A10s, A6 Plus, J6, A10, A20e, A30s.

Xiaomi hamda uning Redmi brendi smartfonlari: Mi A2, Mi A2 Lite, Mi A3, Mi 8, Mi 8 Pro, Mi 8 SE, Mi 9T, Mi 9 SE, Mi 9 Lite, Pocophone F1, Redmi Note 8 Pro.

Huawei va uning Honor brendi smartfonlari: P20 va P20 Pro, P30 va P30 Pro, Mate 20 va Mate 20 Pro, Mate 20 X va Nova 5T.

O‘QING: Dunyodagi eng kuchli smartfon, protsessor va proshivkalar TOP-o‘ntaliklari (Master Lu reytinglari, 2020 yil 1-chorak)

Yurtimizda 2019 yilning eng mashhur smartfonlaridan biri bo‘lgan Samsung Galaxy A50 (SM-A505FN) modeli ham 2020 yilning 9 aprelidan aynan O‘zbekiston uchun mo‘ljallangan One UI 2 grafik qobig‘i bilan Android 10 tizimini qabul qilishni boshladi.

Samsung Galaxy A50 smartfoniga ushbu yangilanish bilan kelgan ba’zi yangi imkoniyatlar haqida ma’lumot berib o‘tamiz:

- Tizimni yangilaganingizdan so‘ng, ayrim ilovalar, jumladan, Kalkulyator, Samsung Internet, Samsung Health va Samsung Notes kabilar alohida yangilanishi zarur.

- To‘qrang (tungi) rejim endi oldingidek mavzu (tema) sifatida emas, balki to‘liq tizim va barcha ilovalarda faol bo‘ladi. Bu rejim batareya quvvatini tejashi haqida ham bir necha marta xabar bergandik.

- Ilova belgilari va tizim ranglari ancha tiniqlashgan, yozuvlarni ajratib olish ham osonlashgan.

- Oynalarni ochish va yopishdagi animatsiyalar yaxshilangani hisobiga tizim ham qotmasdan va tezroq ishlashi yaqqol seziladi.

- Tizimni imo-ishoralar (jesti) orqali boshqarish ba’zilarga qulay va vaqtni tejashi mumkin. Shu sabab yangi navigatsiya ishoralarini albatta sinab ko‘ring.

- Barmoq izi skaneri ishlash tezligi haqiqatan yaxshi tomonga o‘zgargan, shuningdek, ekran o‘chiqligida barmoq izi belgisini ko‘rsatish uchun sozlamalar qo‘shilgan.

- Batareyadan foydalanish menyusida endi batafsilroq ma’lumotlar ko‘rsatilgan.

- Raqamli salomatlik: telefondan foydalanishni tekshirib turish uchun rejalar o‘rnating, chalg‘imaslikka yordam berish uchun Fokus rejimidan foydalaning, ota-ona nazoratlari yordamida farzandlaringiz faoliyatini kuzatib boring.

- «Moi fayli» va «Kontaktlar» ilovalaridan o‘chirgan ma’lumotlaringizni ma’lum vaqt saqlab turish va kerak bo‘lganda tiklab olish uchun «Korzina» funksiyasi qo‘shilgan.

- Yangi tizim tezkor va doimiy xotirada ham oldingisiga qaraganda kamroq joy olgan.

- Shuningdek, kamera, brauzer, kalendar, eslatmalar, kalkulyator ilovalariga ham yangiliklar qo‘shilgan.

@gsmgurus_FAQ kanali bilan hamkorlikda tayyorlandi.

O‘QING: Qiyos: Galaxy A51 vs Galaxy A50

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!