Android 10’gacha yangilanuvchi Samsung smartfon va planshetlarining to‘liq ro‘yxati bilan tanishing!

  •   DiMaX
  •  2940
  •  20.09.2019 00:20

Android 10’gacha yangilanuvchi Samsung smartfon va planshetlarining to‘liq ro‘yxati bilan tanishing!

Samsung korporatsiyasining qurilmalariga Android 10 operatsion tizimi bazasidagi proshivkalar tarqatilish vaqtini kecha e’lon qilgan edik. Endi esa insayderlar ushbu dasturiy ta’minotni qabul qiluvchi modellarning to‘liq ro‘yxatini chiqarib yuborishdi.

O‘QING: One UI 2.0 haqida ilk ma’lumotlar oshkor qilindi

AndroidPure nashri e’lon qilgan ma’lumotda Android 10 talqinigacha yangilanuvchi barcha Samsung planshetlari va smartfonlari ro‘yxati keltirilgan. Unga flagman seriyasidan 2019 va 2018 yilgi modellar, ya’ni Galaxy S10 (sotib olish), Galaxy S10+ (xarid qilish), Galaxy S10e, Galaxy S9, Galaxy S9+, Galaxy Note 10, Galaxy Note 10+ hamda Galaxy Note 9 smartfonlari kirgan.

Planshetlar orasidan esa Android 10 bazasidagi proshivkaga Samsung Galaxy Tab S5e, Galaxy Tab S4 (sotib olish), shuningdek, 2018 va 2019 yilgi Galaxy Tab A (xarid qilish) modellari ega bo‘ladi.

To‘liq ro‘yxatni esa quyidagi suratda ko‘rishingiz mumkin:

Yuiroq mazkur ma’lumotlarda Samsung‘ning ushbu qurilmalari aynan qachon Android 10 asosidagi proshivkani qabul qilishi aks ettirilmagan. Kompaniya birinchi navbatda flagman turkumlari – Galaxy S10 hamda Galaxy Note 10 vakillarini birinchi bo‘lib yangilasa kerak.

Yuqoridagi ro‘yxatga kirgan va kirmagan bir qator Samsung telefonlarini esa allaqachon 705 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlar evaziga Terashop.uz internet-do‘konimizdan sotib olish imkoni mavjud.

O‘QING: Samsung’ning yangi avlod eng arzon smartfoni – Galaxy M10s ham chiqdi!