Android 11, flagman chipset va 7000 mAs batareyali, lekin atigi 340 dollarlik kamerofon namoyishi rasman e’lon qilindi!

  •   DiMaX
  •  1578
  •  08.02.2021 17:03

Android 11, flagman chipset va 7000 mAs batareyali, lekin atigi 340 dollarlik kamerofon namoyishi rasman e’lon qilindi!

Samsung yaqindagina birdaniga beshta yangi – arzon va hamyonbop smartfonlar haqida ayrim ma’lumotlarni o‘z saytlariga chiqargan edi. Shulardan biri – Galaxy M02 modelini kompaniya kuni kechagina Hindistonda taqdim qilgandi, endi esa navbat Galaxy F62 modeliga keldi.

O‘QING: Galaxy M12 taqdim etildi: akkumulyatori ikkita iPhone 12 Pro’nikiga teng!

Ishlab chiqaruvchi Galaxy F62 smartfonining rasmiy taqdimot kunini Hindistondagi Flipkart onlayn do‘koni orqali e’lon qildi. Rasmiy posterga ko‘ra, bu kamerofon 15 fevral kuni (ya’ni – kelasi dushanbada), mahalliy vaqt bilan soat 12:00 da boshlanuvchi onlayn tadbirda keng jamoatchilikka ko‘rsatiladi.

Mazkur model 7 nanometrlik texnologik jarayon asosida tayyorlangan flagmancha protsessor – Exynos 9825 bilan maqtana oladi. Eslatib o‘tamiz, bu – kompaniyaning Galaxy Note 10 hamda Galaxy Note 10+ fabletlarida qo‘llangan chipsetdir.

O‘QING: Eng kutilayotgan Samsung smartfonini ilk rasmiy suratda har tomonidan ko‘ramiz!

Galaxy F62 telefonining «beli baquvvat» – akkumulyatori naq 7000 mA/soatlik tok kuchiga ega. Bundan tashqari, u diagonaliga 6,7 dyuymlik, old kamera uchun tirqishli AMOLED-displeyi bilan ham maqtana oladi. Kvadrokamerasida asosiy datchik 64 megapiksellik aniqlikda.

Samsung uni 6/128 GBlik tezkor/ichki xotira hamda Android 11 bazasidagi One UI 3.1 grafik qobig‘i bilan taklif etadi. Insayderlarga ko‘ra, bu kamerofon uchun 340 AQSh dollari atrofida narx belgilanmoqda.

O‘QING: O‘QING: 15 xil Samsung smartfoniga Android 11 bazasidagi OneUI 3.1 proshivkasi keladi

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!