Android 11 onlayn taqdimotini kutyapsizmi? Xomtama bo‘lmay qo‘yavering!

  •   DiMaX
  •  894
  •  30.05.2020 14:08

Android 11 onlayn taqdimotini kutyapsizmi? Xomtama bo‘lmay qo‘yavering!

Google kompaniyasi bu yil koronavirus tufayli Google I/O konferensiyasini bekor qilgani haqida yozgandik. Qidiruv giganti 3 iyun kuni faqat onlayn namoyish o‘tkazib, Android 11 operatsion tizim talqinining beta-versiyasini ommaviy taqdim etishini aytgan.

O‘QING: Android 11'da iOS'dagi kabi funksiya bo‘lishi tasdiqlandi

Endi esa rejalar tag‘in o‘zgardi – Google hatto Android 11 Beta Launch Show nomli onlayn marosimni ham o‘tkazmaydigan bo‘ldi! Bu haqda Android dasturchilar jamoasi bugun – 30 may sanasida Twitter orqali rasman xabar berdi:

«Biz sizlarga Android 11 haqida ko‘proq so‘zlab berishdan mamnun bo‘lardik, lekin hozir bayramlar vaqti emas. Biz 3 iyunga rejalangan tadbir va beta-versiya relizini keyinroqqa qoldiramiz. Yaqin orada biz Android 11 to‘g‘risidagi yangi tafsilotlar bilan qaytamiz», – deyiladi Google dasturchilarining rasmiy bayonotida.

Ta’kidlab o‘tish muhimki, nafaqat onlayn tadbir bekor qilindi, balki Android 11 operatsion tizimining birinchi ommaviy beta-versiyasining relizi ham keyinga qoldirildi. Ularning aynan qachongacha kechiktirilgani esa noma’lum – bundan boxabar bo‘lish uchun yangiliklarni biz bilan birga kuzatib boring.

O‘QING: Hali chiqmagan Android 11’ni eski va arzon Redmi smartfoniga allaqachon o‘rnatish mumkin!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.