Android 11 sizni yana bitta erkinlikdan mahrum etadi!

  •   DiMaX
  •  3421
  •  19.08.2020 12:35

Android 11 sizni yana bitta erkinlikdan mahrum etadi!

Dastlab Google sakkizta smartfon uchun Android 11 tizimining ilk ommaviy beta-versiyasini tarqata boshlagan edi. Keyin esa uning ikkinchi sinov talqini ham chiqqan, yana u ning «shirin» nomi ma’lum bo‘lgan.

O‘QING: Barcha smartfonlarga Android 11 chiqish sanasini Google tasodifan «sotib» qo‘ydi

Hozirda ayrim rusumlardagi smartfonlar Android 11 operatsion tizim talqini asosidagi proshivkni qabul qilib bo‘lgan va kishilar uni havas bilan sinab ko‘rishyapti. Lekin «yashil robotchali» tizimning yangi versiyasi ayrim jihatlari bilan foydalanuvchilarning hafsalasini pir qilyapti.

Android Police resursining yozishicha: Android 11 tizimidagi suratga olish ilovasiga aloqador bir noxush yangilikni Google tasdiqlagan. Ya’ni, smartfonda kamera ilovalaridan istalgan birini suratga olish uchun asosiy qilib belgilash imkonini kompaniya olib tashlagan.

O‘QING: Android 11’gacha birinchi to‘lqinda yangilanuvchi 129 ta smartfon ro‘yxati chiqdi!

Shu paytgacha Android-smartfonda kamerani ochish kerak bo‘lganida, foydalanuvchilarga suratga olish uchun qurilmaga o‘rnatilgan ilovalardan birini tanlash taklif etilar edi. Xohishga ko‘ra tizimga oldindan o‘rnatilgan standart ilovani yoki foydalanuvchining o‘zi keyin yuklab olgan biror kamera dasturini tanlash mumkin edi. Android 11 versiyasiga kelib esa suratga olishning ko‘plab ssenariylarida foydalanuvchilar standart ilovaga «bog‘lab» qo‘yilgan.

Shunga qaramasdan, rasmga tushirayotganda Twitter va Instagram kabi ilovalarning o‘z jihozlarini qo‘llash mumkin. Bundan tashqari, kamera ilovasini tanlash uchun apparat tugmachalaridan foydalanish (masalan, o‘chirib-yoqish tugmachasini ikki marta bosish) imkoni ham mavjud.

O‘QING: Ushbu 38 ta rusumdagi Samsung smartfon va planshetlari naq Android 13’gacha yangilanadi!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!