Android 11 taqdimoti kechiktirilgandi, ammo Google tasodifan Pixel smartfonlariga yangi operatsion tizimni jo‘natib qo‘ydi

Android 11 taqdimoti kechiktirilgandi, ammo Google tasodifan Pixel smartfonlariga yangi operatsion tizimni jo‘natib qo‘ydi

Google kompaniyasi kechiktirilgan Google I/O konferensiyani 3 iyunda o‘tkazishni rejalashtirgan edi. Kompaniya, shuningdek, Android 11 Beta OTni 1 iyun kuni taqdim qilishi kutilayotgandi.

Vaholanki, AQShdagi vaziyatning o‘nglanmayotgani bois har ikki marosim bekor qilindi. Shunga qaramay, Android 11 Beta tizimi tasodifan ba’zi Pixel smartfonlariga jo‘natib yuborildi.

Bu haqda @MishaalRahman nomli foydalanuvchi xabar bermoqda. Ammo ushbu foydalanuvchi Android 11'ning sinovchi-dasturchilarga mo‘ljallangan betasida ro‘yxatdan o‘tgan-o‘tmagani yoki OTning rasmiy talqinidan foydalanayotgan-foydalanmayotgani noma’lum.

O‘QING: Hali Android 11 chiqmay turib, Android 12’gacha yangilanuvchi ilk smartfon e’lon qilindi! (+video)

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!