Android 11 tizimiga o‘tuvchi Galaxy smartfonlari soni yana bittaga ko‘paydi

Android 11 tizimiga o‘tuvchi Galaxy smartfonlari soni yana bittaga ko‘paydi

Samsung Galaxy A50 smartfoni sotila boshlaganiga ikki yil bo‘ldi. Biroq kompaniya A50'ga Android 11 hamda OneUI 3 proshivkasini jo‘natishga va’da berdi. Global versiyadagi SM-A505F talqin birinchi bo‘lib tizim yangilanishini qabul qiladi. Proshivka model raqami A505FDDU7CUBC bo‘lib, hajmi 1.8GB'dan oshiqroq.

Yangi proshivkada bir necha yangi funksiyalar bor, bu bildirishnomalar panelidagi maxsus suhbatlar bo‘limi, tezkor sozlanmalar panelidagi media pleyer vidjetlari, ilovaga bir martalik ruxsat berishlarni o‘z ichiga oladi. Shuningdek, to‘plamga 2021 yil martdagi xavfsizlik patchi ham kiritilgan.

Tizim yangilanishi bosqichma-bosqich amalga oshiriladi. Demak, barcha foydalanuvchilar yangilanishni qabul qilishlari uchun ko‘p vaqt ketishi mumkin. Ba’zi smartfonlarda yangilanishni avtomatik ko‘chirib olish funksiyasi o‘chiq bo‘lishi mumkin. Buni Tizim yangilanishi bo‘limidan yoqib qo‘yish kerak bo‘ladi.

O‘QING: EKSKLYuZIV: Hali taqdim etilmagan Galaxy A52 5G smartfonini anboksing videosida to‘liq tomosha qiling!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!