Android 11 yakuniy versiyada chiqdi – ayrim smartfonlarga uni hoziroq o‘rnatsa bo‘ladi! (+video)

  •   DiMaX
  •  5605
  •  09.09.2020 09:41

Android 11 yakuniy versiyada chiqdi – ayrim smartfonlarga uni hoziroq o‘rnatsa bo‘ladi! (+video)

Google iyun oyida Android 11 tizimini taqdim etib, sakkizta smartfon uchun uning ilk ommaviy beta-versiyasini tarqata boshlagan edi. Bugun – 9 sentyabrga o‘tar tunda esa kompaniya ushbu operatsion tizim talqinining barqaror yakuniy versiyasini chiqardi.

O‘QING: Ushbu 63 xil Samsung smartfon va planshetlari Android 11’gacha yangilanadi!

Xabarga ko‘ra, yangi tizimni Google Pixel smartfonlarining ikkinchi avlodidan boshlab barcha vakillariga o‘rnatish mumkin. Shu jumladan, Pixel 3a/3a XL va Pixel 4a kabi modelarga ham.

Android 11 versiyasida ko‘plab yangi funksiyalar va imkoniyatlar mavjud, ulardan asosiylari sifatida hozircha quyidagilarni sanab o‘tish mumkin. Avvalo, yangi operatsion tizimda chatlarning «pufakcha»lari paydo bo‘lgan – ular vositasida o‘sha chatlarga tezkor o‘tish mumkin. Qolaversa, endi smartfon ekranidan video yozib olish imkoni paydo bo‘lgan. Undagi quvvatlanish menyusida aqlli uy tizimlarini boshqarish belgichalari ham mavjud. Tabiiyki, yangi tizimning xavfsizlik darajasi ham oshirilgan.

Interfeys yuqorisidan tortib tushiriluvchi pardacha – shtorkada ayrim bildirishnoma turlariga ustunlik berib qo‘yish mumkin. Buning evaziga o‘sha turdagi bildirishnoma kelsa, Always On Display rejimida ekranda ko‘rinadi.

Endi Android 11 tizimli barcha smartfonlar simsiz Android Auto rejimini qo‘llab-quvvatlaydigan bo‘ladi. Albatta, buning uchun avtomobilning o‘zi ham mazkur tizimni dasturiy ta’minot va apparat qismi darajasida qo‘llab-quvvatlashi lozim.

O‘QING: Android 11 sizni yana bitta erkinlikdan mahrum etadi!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.