Android 11’dan mahrum etilgan Xiaomi va Redmi smartfonlari ro‘yxati chiqdi

  •   DiMaX
  •  4730
  •  18.08.2020 16:00

Android 11’dan mahrum etilgan Xiaomi va Redmi smartfonlari ro‘yxati chiqdi

Xiaomi yaqinda o‘z mobil qurilmalarida Android 11 operatsion tizimini sinab ko‘ra boshladi. Hozir amaldagi MIUI 12 grafik qobig‘ining barqaror versiyasi esa Android 10 talqiniga asoslangan.

O‘QING: Xiaomi smartfonlariga Android 11 yangi muammolar olib keldi

Yaqinda biz barqaror Android 11 bazasidagi MIUI 12 grafik qobig‘igacha yangilanuvchi smartfonlar ro‘yxati va muddatlarini e’lon qilgan edik. Shuningdek, hozirgi – Android 10 operatsion tizimi bazasidagi barqaror MIUI 12 proshivkalarini uchinchi bosqichda qabul qiluvchi telefonlar ro‘yxatini ham chiqarganmiz.

Endi bo‘lsa insayderlar Android 11 bazasidagi MIUI proshivkasiga yangilanmaydigan Xiaomi hamda Redmi qurilmalarini aytishdi. Unga ko‘ra, smartfoningiz quyidagi modellardan biriga mansub bo‘lsa, Android 11 talqinidagi operatsion tizimdan umidingizni uzavering:

  1. Redmi 8
  2. Redmi 8A
  3. Redmi 8A Dual
  4. Redmi Note 7
  5. Redmi Note 7 Pro
  6. Redmi Note 7S
  7. Redmi Note 8
  8. Redmi Note 8 Pro
  9. Redmi Note 8T
  10. Xiaomi Mi CC9e
  11. Xiaomi Mi Mix 3 5G
  12. Xiaomi Mi Mix Alpha

Ta’kidlash kerakki, yuqoridagi ro‘yxat rasmiy bo‘lmasdan, insayderlar m’lumotlariga asoslangan. Android 11 bazasidagi MIUI 12 relizi hali sentyabrda o‘tkaziladi va ungacha yangilanuvchi smartfonlarini «Xitoycha Apple» o‘shanda rasman aytadi.

Xiaomi, Redmi, Poco va Black Shark smartfonlarining global proshivka, global versiya va xitoycha versiyalari, ularning o‘zaro farqi haqida mana bu maqolamizdan batafsil ma’lumot olasiz.

O‘QING: Hali chiqmagan iOS 14 hamda Android 11’dagi zo‘r funksiya Xiaomi smartfonlariga allaqachon qo‘shilyapti!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!