Android 11’ning ilk beta-talqini sakkizta smartfonga rasman taqdim etildi!

  •   DiMaX
  •  1042
  •  11.06.2020 09:44

Android 11’ning ilk beta-talqini sakkizta smartfonga rasman taqdim etildi!

Google shu paytgacha Android 11 operatsion tizimining beta-versiyalarini faqatgina dasturchilar uchun tarqatib kelayotgan edi. Kompaniya bugun – 11 iyunga o‘tar tunda Pixel smartfonlarining barcha egalari uchun ungacha yangilanish imkonini berdi.

O‘QING: Android 11’gacha birinchi to‘lqinda yangilanuvchi 129 ta smartfon ro‘yxati chiqdi!

Shunday qilib, qidiruv gigantining quyidagi rusumlarga mansub smartfonlari sohiblari apdeytni allaqachon «havo orqali» o‘rnatib olishlari mumkin:

  1. Pixel 2
  2. Pixel 2 XL
  3. Pixel 3
  4. Pixel 3 XL
  5. Pixel 3a
  6. Pixel 3a XL
  7. Pixel 4
  8. Pixel 4 XL

Bular – Android 11 Beta 1 operatsion tizim talqinigacha rasman yangilanadigan gadjetlardir. Yaqin orada dasturchilar uning asosida boshqa smartfonlar uchun ham norasmiy proshivkalar tayyorlashsa kerak. Masalan, Xiaomi kompaniyasining o‘tgan yil fevralda taqdim etilgan Redmi Note 7 Pro modeli uchun shunaqa proshivka allaqachon tayyor.

Android 11 tizimining navbatdagi – ikkinchi beta-versiyasi iyulda, uchinchisi esa avgustda chiqadi. Operatsion tizimning yakuniy talqindagi to‘laqonli taqdimoti bo‘lsa sentyabrda o‘tkaziladi.

O‘QING: Android-smartfonlar egalari kutayotgan funksiya iPhone’larga taqdim etilyapti!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!