Android 11’ning «shirin» nomi ma’lum bo‘ldi

  •   DiMaX
  •  1458
  •  24.07.2020 12:58

Android 11’ning «shirin» nomi ma’lum bo‘ldi

Google kompaniyasi o‘z mobil operatsion tizimining o‘ninchi avlodidan boshlab, ularni shirinliklar nomi bilan atashdan voz kechgan. Ungacha esa Android’ning har bir talqini turli shirinliklar nomi bilan atalib kelinardi: Gingerbread, Ice Cream Sandwich, Jelly Bean, KitKat, Lollipop, Marshmallow, Nougat, Pie...

O‘QING: Barcha smartfonlarga Android 11 chiqish sanasini Google tasodifan «sotib» qo‘ydi

Shunga qaramasdan, Google xodimlari operatsion tizimning yangi versiyalarini kompaniya ichida shirinliklar nomlari bilan atab kelishayotgan ekan. Bu xususda All About Android podkastida Android vitse-prezidenti Devid Berk aytib o‘tgan.

Unga ko‘ra, Android 11 talqinining «shirin» nomi Red Velvet Cake ekan. Bu – «Qizil baxmal» nomli tort turidir, deb yozadi XDA resursi.

Shuningdek, tizimning rasman «shirin» nomdan mahrum etilgan ilk talqini – Android 10 versiyasining ham «shirin» nomi aytilgan. Bu – Quince Tart nomli pirog ekan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Google sakkizta smartfon uchun Android 11 tizimining ilk ommaviy beta-versiyasini tarqata boshlagan. Bu orada Xiaomi mazkur apdeyt o‘zining qaysi modellariga kelishini aytgan bo‘lsa, OnePlus maqtanib ham o‘tirmasdan flagmanlarini yangilagan. Shuningdek, ushbu talqinchacha yangilanuvchi 60 ga yaqin Samsung smartfonlari va planshetlari ro‘yxati ham chiqqan.

O‘QING: EHTIYoT BO‘LING: Android 11 Beta’ni ushbu smartfonlarga o‘rnatish xavfli!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!