Android 11’ning uchta muhim funksiyasi sizning smartfoningizga kelmasligi mumkin

  •   DiMaX
  •  1143
  •  29.06.2020 16:45

Android 11’ning uchta muhim funksiyasi sizning smartfoningizga kelmasligi mumkin

Avvalroq Google sakkizta smartfon uchun Android 11 tizimining ilk ommaviy beta-versiyasini tarqata boshladi. Bu orada Xiaomi mazkur apdeyt o‘zining qaysi modellariga kelishini aytgan bo‘lsa, OnePlus maqtanib ham o‘tirmasdan flagmanlarini yangiladi. Shuningdek...

O‘QING: Android 11’gacha yangilanuvchi 60 ga yaqin Samsung smartfonlari va planshetlari bitta ro‘yxatda!

Esingizda bo‘lsa, iOS 14 operatsion tizim talqinining bitta ajoyib funksiyasi barcha ayfonlarda bo‘lmasligi haqida ma’lumot berib, uni qo‘llovchi modellar ro‘yxatini chiqargandik. Android 11 Developer Preview versiyasini sinab ko‘rgan dasturchilarning aniqlashlaricha, ushbu tizimning ayrim ilg‘or funksiyalari ham barcha smartfonlarda ishlayvermas ekan. Google hujjatlarida yangi tizimdagi uchta funksiya barcha qurilmalarga chiqarilishi majburiy emasligi qayd etilgan. Ya’ni, ulardan hir birining muayyan modeldagi telefonga tatbiq etilish-etilmasligini uning ishlab chiqaruvchisi hal qiladi.

Ulardan birinchisi – Conversations in Notifications opsiyasi bo‘lib, bildirishnomalarni tashkillashtirish va ularni qo‘llashning yangi imkoniyatlarini o‘zida jamlagan.

Ushbu funksiya Android operatsion tizimini asosiy raqobatchi – iOS’dan farqlovchi muhim xususiyatlardan biridir. Lekin, afsuski, undan foydalanish hammaga ham nasib etavermasligi mumkin.

O‘QING: Android 11 uchun Google nimalarni iOS’dan olgan?

Barcha smartfonlarga birdek tarqatilmaydigan ikkinchi funksiya esa Device Controls deb atalgan. Bu funksiya «aqlli uy» jihozlarini boshqaruv elementlarining hamda quvvat olish menyusining aks etishi uchun mas’uldir.

Android 11’ga qo‘shilgan, biroq muayyan modellarda faollashtirish imkoniyati smartfonsozlar ixtiyoriga qoldirilgan uchinchi funksiya bo‘lsa IdentityCredential API bilan bog‘liq. Bu – turli hujjatlarning (masalan, haydovchilik guvohnomasining) raqamli nusxalarini mobil qurilmada saqlovchi texnologiyadir.

Yuqoridagilardan ikkinchi va uchinchisi O‘zbekiston ahli uchun uncha muhim bo‘lmasligi mumkin, ammo birinchisidan foydalanishni barcha istasa kerak.

O‘QING: EHTIYoT BO‘LING: Android 11 Beta’ni ushbu smartfonlarga o‘rnatish xavfli!