Android 12 allaqachon bir necha Xiaomi smartfonlarida sinovdan o‘tkazilmoqda

Android 12 allaqachon bir necha Xiaomi smartfonlarida sinovdan o‘tkazilmoqda

Xiaomi Android 12 beta sinov dasturining a’zosi hisoblanadi. E’lon qilinganidan so‘ng darhol kompaniya Xiaomi Mi 11 Ultra, Xiaomi Mi 11, Xiaomi Mi 11X Pro va Xiaomi Mi 11i uchun Android 12 beta-versiyasini chiqargandi. Endi kompaniya boshqa telefonlar uchun so‘nggi Android asosida MIUI'ni sinovdan o‘tkazishni boshladi.

Xiaomiui ma’lumotlariga ko‘ra, Android 12'ning birinchi beta-versiyasi quyidagi smartfonlar uchun chiqarildi:

• Xiaomi Mi 10 Ultra
• Xiaomi Mi 10 Pro
• Xiaomi Mi 10
• Xiaomi Mi 10T Pro
• Xiaomi Mi 10T
• Redmi K30S Ultra

Gap MIUI 13 yoki MIUI 12.5 qobig‘i haqida ketayotgani hali ma’lum emas. Shuni ham ta’kidlash joizki, Xiaomi hali Xiaomi Mi 10T va Mi 10T Pro uchun Android 11 asosida MIUI 12.5'ning global versiyasini chiqarmagan.

O‘QING: Google Android 12 uchun o‘yin bilan bog‘liq bo‘lgan muhim funksiyalarni tayyorlamoqda