Android 12 bilan ishlaydigan tugmali telefon

Android 12 bilan ishlaydigan tugmali telefon

Xitoyning Duoqin kompaniyasi ehtimol joriy yilning eng noodatiy telefonini taqdim qildi. F22 Pro deb nomlanuvchi ushbu gibrid mobil qurilma ham raqamli tugmalar, ham 3.5 dyuymli sensor ekranga ega.

Shuningdek, telefonning rasmiy posterlaridan ko'rish mumkinki, uning selfi kamera juda noan'anaviy joyga, "#" tugmasi yoniga o'rnatilgan. Ma'lum bo'lishicha, qurilmaning orqa tomoni yuqori markazida bittalik kamera va LED chiroq ham o'rnatilgan.

F22 Pro texnik xususiyatlari haqida unchalik ko'p ma'lumot berilmagan, lekin qurilma Android operatsion tizimida, bo'lganda ham eng so'nggi versiya, Android 12'da ishlashi aytilmoqda.

Hozircha qurilma narxi va aniq chiqarilishi sanasi noma'lum, ammo, bunday telefon kompaniyaga begona emas va Duoqin oldin chiqargan F21 Pro 100 dollar atrofidagi narxda bo'lgan edi.

O'QING: Xiaomi Book S 12.4 plansheti taqdim etildi

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!