Android 12 bilan ishlovchi "monster" smartfon sotuvga chiqdi

Android 12 bilan ishlovchi

Ulefone Power Armor 14 o‘tgan yilning eng kuchli, mustahkam smartfonlaridan biri bo‘lgan edi. Bu yil esa kompaniya shu smartfonning Pro versiyasini chiqarganini e’lon qildi.

Power Armor 14 Pro avvalgisidan ko‘proq operativ va doimiy xotira (6 GB + 128 GB), smartfonda o‘yin o‘ynash tajribasini yanada oshiradigan yangi Mediatek Helio G85 geyming protsessori va eng so‘nggi versiyadagi Android 12 operatsion tizimida ishlay olishi bilan farq qiladi. 

Ushbu cmartfonini "o‘lmas" deb ham atash mumkin, chunki u 10,000 mAh batareya quvvatiga ega va bu smartfonning eng afzal tomonlaridan biridir. Bunday sig‘imdagi batareya bilan cmartfonni haftalab quvvatlamay yurish mumkin. Qizig‘i shundaki, kerakli OTG ulagich bilan smartfon yordamida boshqa qurilmalarni ham quvvatlash mumkin. Demak, endi sizga poverbank ham kerak bo‘lmaydi, chunki smartfonning o‘zi poverbank vazifasini bajarib bera oladi. Mabodo smartfon quvvati tugab qoladigan bo‘lsa, uni 15W simsiz yoki 18W Type-C simli zaryadlash bilan quvvatlab olishingiz mumkin. 

Power Armor 14 Pro har qanday ekstremal muhitga bardosh bera oladi, chunki u IP68 va IP69K standartlari bilan suvga (1.5 meterlik chuqurlikda 30 daqiqa), changga, MIL-STD-810G sertifikati bilan esa yuqori harorat va 1.5 meter balandlikdan tushishga chidamli deb topilgan. Shunday ekan smartfon bilan bemalol tog‘larga, sohil bo‘ylariga sayohatga, suzishga chiqish yoki armiyada xizmat safarlarini o‘tash mumkin. Shuningdek, smartfon 6.52 dyuymli IPS LCD ekrani tirnalishga chidamli Corning Gorilla Glass bilan, tanasi esa metall ramka, rezina burchak va yuqori sifatli qattiq plastik korpus bilan himoyalangan. 

Orqasida Sony'ning 20 megapikselli AI asosiy kamerasi, narsalarni o‘ta yaqindan suratga olish uchun 2 megapikselli makro kamera, chuqurlik sensori mavjud. Old kamerasi esa 16 MP bo‘lib, bu kameralar bilan hatto suv ostida ham suratga olishingiz mumkin. O‘ng yon tomonida barmoq izini aniqlovchi sensor, chap tomonida esa odatiy tugmasi ham bor. Smartfon quloqchinlarsiz radiolarni eshitish, NFC yordamida to‘lov qilish, yuz yordamida qulfdan ochish funksiyalarini ham qo‘llab-quvvatlaydi va unga ikkita SIM karta va bitta qo‘shimcha microSD chip solish mumkin. 

Mana shunday ajoyib xususiyatlarga ega Power Armor 14 Pro smartfonini siz atigi 259.99 dollarga o‘zining rasmiy veb-saytidan sotib olishingiz mumkin. Muhimi quti ichida quvvatlagich adapteri ham bor. 

O‘QING: Xiaomi Civi 2 smartfoniga oid ilk ma’lumotlar sizdirildi

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!