Android 12 taqdim etiladigan Google I/O 2021 sanasi rasman e’lon qilindi

  •   DiMaX
  •  490
  •  08.04.2021 10:01

Android 12 taqdim etiladigan Google I/O 2021 sanasi rasman e’lon qilindi

Google kompaniyasi o‘tgan yili koronavirus tufayli Google I/O konferensiyasini bekor qilgandi. Qidiruv giganti 3 iyun kuni faqat onlayn namoyish o‘tkazib, Android 11 operatsion tizim talqinining beta-versiyasini ommaviy taqdim etishini aytgan, lekin keyinchalik undan ham voz kechgan.

O‘QING: Siz Android 11’da kutgan zo‘r funksiya Android 12’ga joriy etilyapti (+video)

Kompaniya bu yil dasturchilarga mo‘ljallangan konferensiyaning onlayn tarzda o‘tishini va vaqtini oldindan aytib qo‘yaqoldi. Unga ko‘ra, Google I/O 2021 tadbiri 18–20 may kunlari bo‘lib o‘tadi.

Google I/O konferensiyasi birinchi navbatda dasturchilar uchun o‘tkaziladi, lekin ko‘pincha qidiruv giganti ushbu turkum anjumanlarida oddiy foydalanuvchilar uchun ham qiziq bo‘lgan yangi mahsulotlarini ham namoyish etadi. Bu yilgi tadbirda kompaniya kamida Android 12 yakuniy versiyasini taqdim qilishi kerak.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq biz Android 12 talqinidagi mobil operatsion tizimning ekranidan olingan birinchi skrinshotlarni ulashgan edik. So‘ngroq esa uning namoyish sanalari haqidagi ma’lumot ham chiqqan. 19 fevralda o‘tar tunda Google ushbu operatsion tizimning dasturchilarga mo‘ljallangan birinchi Android 12 Developer Preview versiyasini taqdim qilgan; biz o‘zgarishlar va o‘rnatiladigan smartfonlar ro‘yxatlarini e’lon qilganmiz. Mazkur tizimga yangilanuvchi Samsung smartfon va planshetlarining ulkan ro‘yxati, shuningdek, smartfoningizga hoziroq Android 12 qiyofasini baxsh etish usuli ham sizni befarq qoldirmasa kerak.

Lekin hammasidan ham oldin...

O‘QING: Hali Android 11 chiqmay turib, Android 12’gacha yangilanuvchi ilk smartfon e’lon qilindi! (+video)

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!