Android 12 tizimi ham tayyor: ilk skrinshotlarni tomosha qiling!

  •   DiMaX
  •  1447
  •  09.02.2021 14:22

Android 12 tizimi ham tayyor: ilk skrinshotlarni tomosha qiling!

Google kompaniyasi shu hafta yoki kelasi haftada o‘z yangi operatsion tizimining dasturchilarga mo‘ljallangan beta-versiyasi – Android 12 Developer Preview talqinini chiqarishi kutilmoqda. O‘n ikkinchi avlod tizimga yangilanuvchi ilk smartfon esa hali Android 11 chiqmay turib e’lon qilingan (+video).

O‘QING: Siz Android 11’da kutgan zo‘r funksiya Android 12’ga joriy etilyapti (+video)

Insayderlar allaqachon Android 12 operatsion tizim talqini boshqaruvi ostida ishlayotgan smartfon ekranidan skrinshot olib tarqatishdi.

Tasvirlarda «shtorka» va vidjetlar interfeysining yaxshigina qata ishlanganini ko‘rish mumkin; yaxlit olganda esa u ko‘proq iOS dizaynini eslatadi.

O‘QING: Samsung yana to‘rtta bestseller smartfoniga Android 11 asosidagi One UI 3.0 proshivkasini tarqatyapti

Bu yerda aks etgan interfeys aynan Android 12 Developer Preview talqinidan olingan bo‘lsa kerak.

Skrinshotlardan anglashiladigan yana bir jihat – Android 12 tizimida xavfsizlik yanada oshirilganligidir. Biror ilovani ochayotganda, uning aynan qaysi resurslarni ishlatishini aytib tizimning o‘zi foydalanuvchini ogohlantiradi. Masalan, bu dastur smartfonning kamerasidan, mikrofoni yoki GPS-modulidan foydalanishi kabilar. Zarurat tug‘ilsa, foydalanuvchi o‘sha zahotiyoq ilovaning biror resursga ruxsatini cheklab qo‘yishi mumkin bo‘ladi.

Bulardan tashqari, avvalroq ma’lum bo‘lgan ediki, Android 12 operatsion tizim talqinida...

O‘QING: Wi-Fi parolini ulashish endi yanada osonlashmoqda!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!