Android 12 tizimiga yangilanuvchi va undan mahrum Xiaomi, Redmi, POCO hamda Black Shark smartfonlari beshta ro‘yxatda

  •   DiMaX
  •  1257
  •  05.07.2021 10:56

Android 12 tizimiga yangilanuvchi va undan mahrum Xiaomi, Redmi, POCO hamda Black Shark smartfonlari beshta ro‘yxatda

Google kompaniyasi bu yilgi Google I/O konferensiyasini onlayn tarzda o‘tkazib, unda Android 12 operatsion tizimining ilk ommaviy beta-talqinini namoyish etgan. Biz esa uni sinab ko‘rish mumkin bo‘lgan 26 modeldagi smartfon ro‘yxatini chiqarganmiz. Shuningdek...

O‘QING: Android 12 tizimli ilk Xiaomi smartfoni benchmarkda «qo‘lga tushdi»!

Internetda o‘n ikkinchi avlod «yashil robotchali» operatsion tizimgacha yangilanuvchi Xiaomi, Redmi, POCO va BlackShark smartfonlarining ro‘yxati paydo bo‘ldi. Garchi kompaniya buni rasman tasdiqlamagan bo‘lsa-da, insayderlarning ta’kidlashlaricha, ro‘yxat kompaniyaning ichki manbalaridan hamda MIUI rasmiy forumidan olingan ma’lumotlar asosida tuzilgan.

Quyidagi suratda o‘rta ustundagi hamda o‘ng ustunning yuqori qismidagi ro‘yxatlarda aks etgan qurilmalarga Android 12 tizimi asosida yangi proshivkalar tarqatiladi.

Chap ustundagi birinchi ro‘yxatga kirgan modellar uchun Android 12 tizimi bazasidagi proshivkalar allaqachon yopiq beta-test doirasida tekshirib ko‘rilmoqda. Chap ustundagi ikkinchi ro‘yxatda aks etgan gadjetlar uchun esa o‘n ikkinchi avlod operatsiln tizim tarqatilishi aniq emas. Va nihoyat, eng so‘nggi – chap ustunning pastki qismidagi ro‘yxat Android 12 operatsion tizimiga yangilanmaydigan smartfonlarni aks ettirgan.

Xiaomi, Redmi, Poco va Black Shark smartfonlarining global proshivka, global versiya va xitoycha versiyalari, ularning o‘zaro farqi haqida esa mana bu maqolamizdan batafsil ma’lumot olasiz.

O‘QING: MIUI 12.5 yakuniy proshivkasi yettita Xiaomi smartfoniga muddatidan oldin kela boshladi!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!