Android 12 tizimining dasturchilarga va foydalanuvchilarga tarqatilish kunlarigacha aytildi

  •   DiMaX
  •  792
  •  12.02.2021 09:55

Android 12 tizimining dasturchilarga va foydalanuvchilarga tarqatilish kunlarigacha aytildi

Kuni kechagina biz Android 12 talqinidagi mobil operatsion tizimning ekranidan olingan birinchi skrinshotlarni ulashgan edik. Endi esa Phonearena nashri uning namoyish sanalari haqidagi ma’lumotni e’lon qildi.

O‘QING: Siz Android 11’da kutgan zo‘r funksiya Android 12’ga joriy etilyapti (+video)

Unga ko‘ra, Google bu tizimning dasturchilarga mo‘ljallangan ilk jamlanmasi – Android 12 Developer Preview talqinini 17 fevraldayoq taqdim etadi. Taqqoslash uchun keltirib o‘tsak, bundan oldingi – Android 11 Developer Preview o‘tgan yilning 19 fevralida chiqqan edi.

Oddiy foydalanuvchilar uchun barqaror Android 12 operatsion tizimining relizi esa 2 sentyabr kuni bo‘lib o‘tadi. Qiyoslash uchun, Android 10 versiyasi 2019 yilning 3 sentyabrida, Android 11 esa – 2020 yilning 8 sentyabrida namoyish qilingan.

Ta’kidlab o‘tamiz – yuqoridagi ma’lumot norasmiy bo‘lib, insayderlar tomonidan taqdim etilgan. Lekin baribir buning rost bo‘lib chiqishi ehtimoli yuqori.

O‘QING: Hali Android 11 chiqmay turib, Android 12’gacha yangilanuvchi ilk smartfon e’lon qilindi! (+video)