Android 12 tizimli ilk Xiaomi smartfoni benchmarkda «qo‘lga tushdi»!

  •   DiMaX
  •  655
  •  21.06.2021 17:27

Android 12 tizimli ilk Xiaomi smartfoni benchmarkda «qo‘lga tushdi»!

Google kompaniyasi bu yilgi Google I/O konferensiyasini onlayn tarzda o‘tkazib, unda Android 12 operatsion tizimining ilk ommaviy beta-talqinini namoyish etgan. Biz esa uni sinab ko‘rish mumkin bo‘lgan 26 modeldagi smartfon ro‘yxatini chiqarganmiz. Shuningdek...

O‘QING: One UI 4.0 (Android 12) gacha yangilanuvchi Galaxy'lar ro‘yxati bilan tanishamiz

Bugun – 21 iyun kuni ommabop GeekBench ilovasining ma’lumotlar bazasida Xiaomi kompaniyasining M2102K1G model raqamli smartfoni tekshirib ko‘rilgani haqida qayd paydo bo‘ldi. Bu raqam esa avvalroq taqdim etilgan va savdoga chiqib ham ulgurgan superflagman – Mi 11 Ultra modeliga tegishli.

Benchmarkdagi yangi qaydning ahamiyati shundaki, bu gal tekshirib ko‘rilgan Xiaomi Mi 11 Ultra smartfoni amaldagi Android 11 emas, balki allaqachon Android 12 operatsion tizim talqinida ishlamoqda.

Yangi operatsion tizim bilan ishlayotgan Xiaomi Mi 11 Ultra superflagmani GeekBench’ning yakka yadroli sinovida 1116 ball, protsessorning barcha yadrolarini ishlatganida esa 2845 ball olgan.

Darvoqe, «Xitoycha Apple»ning ko‘pdan beri kutilayotgan Xiaomi Mi Mix 4 smartfoni ekrani Mi 11 Ultra displeyidan pastroq bo‘layotganidan xabaringiz bormidi?

O‘QING: Xiaomi hozir ham ommabop bo‘lgan uchta eski flagmanini e’lon qildi

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!