Android 12’ga o‘tuvchi Xiaomi, Redmi, Poco hamda Black Shark smartfonlarining yangi ro‘yxati (2021 yil avgust)

  •   DiMaX
  •  1431
  •  02.08.2021 11:08

Android 12’ga o‘tuvchi Xiaomi, Redmi, Poco hamda Black Shark smartfonlarining yangi ro‘yxati (2021 yil avgust)

Esingizda bo‘lsa, biz Android 12 tizimiga yangilanuvchi va undan mahrum etilgan Xiaomi, Redmi, Poco va Black Shark smartfonlari beshta ro‘yxatda e’lon qilgan edik. O‘sha ma’lumotni taqdim etgan manba endi mazkur yangilanishlar bo‘yicha yangi ro‘yxatni chiqardi.

O‘QING: Android 12 allaqachon bir necha Xiaomi smartfonlarida sinovdan o‘tkazilmoqda

Yangilangan ro‘yxatga ko‘ra, Redmi K30 Pro modeli uchun Android 12 operatsion tizimining ichki sinovlari boshlangan. Aytish kerakki, Xitoydan tashqarida ushbu smartfon Poco F2 Pro modeli sifatida sotilmoqda.

Shu ikkita model bilan Android 12 testi boshlangan smartfonlar soni yigirmataga yetgan. Ushbu ro‘yxatga yana Xiaomi Mi 11, Mi 11 Pro, Mi 11 Ultra, Mi 11i, Mi 11X, Poco F3, Redmi K40, Mi 11X Pro, Redmi K40 Pro, Redmi K40 Pro+, Mi 11 Lite 5G, Mi 10S, Mi 10, Mi 10 Pro, Mi 10 Ultra, Mi 10T, Mi 10T Pro, Redmi K30S Ultra modellari kirgan.

O‘QING: MIUI 12.5’ga yangilamay turing – 5 xil Xiaomi hamda POCO smartfonlarini u ishdan chiqaryapti!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!