Android 12’ga yangilanuvchi Samsung smartfon va planshetlarining ulkan ro‘yxati

  •   DiMaX
  •  3856
  •  24.02.2021 13:00

Android 12’ga yangilanuvchi Samsung smartfon va planshetlarining ulkan ro‘yxati

Samsung kuni kecha o‘z mobil qurilmalariga xavfsizlik yangilanishlarini uzatib turish muddatini uzaytirganligini e’lon qilgan edi. Kompaniya hozirda smartfon va planshetlarini Android 11 operatsion tizim talqini ustiga qurilgan One UI 3.0 hamda 3.1 versiyalaridagi grafik qobiqli proshivkaga yangilamoqda.

O‘QING: Bo‘lajak bestseller – Galaxy A52 surat va xususiyatlarini Google sotib qo‘ydi!

Xabaringiz borki, Google bu orada o‘z mobil operatsion tizimining navbatdagi – Android 12 talqinini tayyorlamoqda. Uning dasturchilarga mo‘ljallangan birinchi Android 12 Developer Preview versiyasini qidiruv giganti yaqinda taqdim etgan bo‘lib, biz undagi ayrim o‘zgarishlar va hoziroq yangilanuvchi smartfonlar ro‘yxatlarini ham chiqarganmiz.

Samsung ham allaqachon o‘n ikkinchi avlod «yashil robotchali» tizim asosida One UI 4.0 grafik qobig‘ini tayyorlashga kirishgan. Internetda esa ungacha yangilanuvchi telefon va planshetlarning ro‘yxati paydo bo‘ldi:

  1. Galaxy S21
  2. Galaxy S21+
  3. Galaxy S21 Ultra
  4. Galaxy S20
  5. Galaxy S20+
  6. Galaxy S20 Ultra
  7. Galaxy S20 FE
  8. Galaxy S10
  9. Galaxy S10+
  10. Galaxy S10 Lite
  11. Galaxy S10e
  12. Galaxy Note 20
  13. Galaxy Note 20 Ultra
  14. Galaxy Note 10
  15. Galaxy Note 10 Lite
  16. Galaxy Note 10+
  17. Galaxy Z Fold 2
  18. Galaxy Z Flip
  19. Galaxy Fold
  20. Galaxy A71
  21. Galaxy A51
  22. Galaxy A90 5G
  23. Galaxy A11
  24. Galaxy A21
  25. Galaxy A21s
  26. Galaxy A31
  27. Galaxy A32 5G
  28. Galaxy A02s
  29. Galaxy A02
  30. Galaxy A01
  31. Galaxy A12
  32. Galaxy M01
  33. Galaxy M21
  34. Galaxy M21s
  35. Galaxy M31
  36. Galaxy M02s
  37. Galaxy M02
  38. Galaxy M12
  39. Galaxy M31s
  40. Galaxy M51
  41. Galaxy F41
  42. Galaxy F62
  43. Galaxy Tab S7
  44. Galaxy Tab S7+
  45. Galaxy Tab S6
  46. Galaxy Tab S6 Lite

Aytish kerakki, ushbu ro‘yxat rasmiy xarakterga ega emas, biroq u baribir Samsung’ning rasmiy bayonotlariga asoslangan. Ya’ni, 2020 yilning yozida u o‘z mobil gadjetlariga ketma-ket uch avlod Android asosida proshivka tarqatishini e’lon qilgan. Shu tariqa, uning Android 10 bilan chiqqan barcha, Android 9 bilan taqdim etilgan ayrim devayslari o‘n ikkinchi avlod operatsion tizim bilan ta’minlanadi.

Android 12 tizimining barqaror versiyasi namoyish etilganidan taxminan bir oy o‘tib, ya’ni oktyabrlarda uning asosidagi One UI 4.0 proshivkasi beta-testerlarga tarqatilishi kutilmoqda.

O‘QING: Samsung Galaxy smartfonlari narxlari bilan tanishamiz (2021 yil, fevral)

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!