Android 12'ning foydali funksiyalaridan biri ma’lum bo‘ldi

Android 12'ning foydali funksiyalaridan biri ma’lum bo‘ldi

Android 11 operatsion tizimida «ruxsatlarni avtomatik bekor qilish» nomli funksiya joriy qilingan edi. Agar biror ilova uzoq muddat foydalanilmasa, tizim avtomatik ravishda ilovaga berilgan ruxsatlarni bekor qiladi. XDA Developers nashri mutaxassislarining aniqlashicha, Android 12'da ushbu funksiya yanada kengaytiriladi.

Agar biror ilovadan uzoq muddat foydalanilmasa, Android 12'dagi ilovalarni avtomatik uyqu rejimi o‘tkazish funksiyasi dasturga berilgan barcha ruxsatlarni bekor qilish bilan birga, ilovani uyqu rejimiga o‘tkazadi va unga aloqador barcha vaqtinchalik fayllarni o‘chirib tashlaydi. Bu esa qurilma xotirasini tejashga xizmat qiladi.

Avtomatik uyqu rejimiga o‘tkazishni yoqish uchun Sozlamalar > Ilovalar > Foydalanilmagan ilovalar oynasiga o‘tish kerak.

O‘QING: Samsung ikki yillik smartfonlariga ham Android 11 bazasidagi One UI 3.1 proshivkasini tarqatyapti

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!