Android 13 shu yerda!

Android 13 shu yerda!

Android dunyodagi eng katta operatsion tizim bo‘lib, undan 2.5 milliarddan ortiq smartfonlarda foydalanishadi va har yili turli xil yangilanishlar bilan oldingi versiyadan yaxshiroq bo‘ladi.

So‘nggi marta o‘tgan yili kuzda Android 12'ning barqaror versiyasini taqdim qilgan Google, kecha, 10-fevralda Android 13'ning ilk oldindan ko‘rish va sinash uchun mo‘ljallangan versiyasini chiqardi. 

Android 13 Developer Preview 1 hozirda faqat yangi xususiyatlarni sinash uchun dasturchilarga chiqarilgan bo‘lib, ma’lumotlarga ko‘ra uning ilk beta versiyasi aprelda va so‘nggi (to‘rtinchi) beta versiyasi iyulda, barqaror versiyasi esa avgust yoki katta ehtimol bilan yana kuz faslida chiqariladi. 

Xo‘sh, Android 13'da nima yangiliklar? Google bu safar ham e’tiborini xavfsizlikka qaratgan va rasm-videolaringizni maxfiyligini himoya qilishingiz uchun tizimga yangi foto tanlash xususiyatini qo‘shgan. Bu mahalliy va bulut xotiralardagi suratlaringizni xavfsiz almashish uchun standart va optimallashtirilgan usul bo‘lib, bunda siz rasm ulashayotgan ilova sizning barcha mediafayllaringizni ko‘rishi shart bo‘lmaydi va faqat siz tanlangan suratlargina ko‘ra oladi. 

Bundan avvalgi Android versiyalarida Wi-Fi ga ulanadigan ilovalar qurilma joylashuvini bilishi kerak bo‘lar edi, garchi bu kerak bo‘lmasa ham. Android'13 dagi NEARBY_WIFI_DEVICES xususiyati esa ilovalarga joylashuv ruxsatisiz Wi-Fi ga ulanish imkonini beradi. 

Mavzuga moslashgan ilovalar - Android 12'da Google o‘z ilovalari uchun mavzuga qarab piktogrammalarini moslash xususiyatini taqdim qilgan edi, Android'13 da esa bu xususiyat barcha ilovalar uchun ochiq bo‘ladi. Bunda ilova ishlab chiqaruvchilar shunchaki yangi monoxrom ikonkasini qo‘shishlari va uni ilovaning piktogramma ma’lumotlariga havola qilishlari kerak xolos. 

Shu bilan birga har bir ilova uchun til sozlamalari funksiyasi yaxshilangan, so‘zlarni yozayotganda defis qo‘yish 200 foizga tezlashtirilgan va yana bir qancha kichik yangiliklar mavjud. 

Agar dasturchilikdan xabaringiz bo‘lsa va smartfoningiz muammolarga uchrashidan qo‘rqmasangiz Android 13'ni hoziroq sinab ko‘rishingiz mumkin. Aks holda, barqaror versiyani shu yil oxirrog‘ida ko‘rishingiz mumkin mumkin. 

O‘QING: Telegram'ga "Statuslar" funksiyasini qo‘shish taklif qilinmoqda 

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!