Android 14 tizimida xavfsizlik choralari kuchaytiriladi

Android 14 tizimida xavfsizlik choralari kuchaytiriladi

Zararli ilovalarni havfini kamaytirish maqsadida Android 14 eski Android versiyalarga mo‘ljallangan ilovalarni o‘z tizimiga o‘rnatishni butunlay cheklaydi. 

Bir necha yillardan buyon Android tizimining eng so‘nggi havfsizlik choralari va funksiylardan foydalanish uchun Android dasturchilari o‘z ilovalarini yangilab turish talabi Google Play Store tomonidan qo‘yilar edi. Endi talab o‘zgardi, Play Store'dagi ilovalar kamida Android 12 tizimiga moslashgan bo‘lishi kerak. 

Shu paytgacha ushbu minimal API darajasidagi talablar faqat Google Store do‘konidagi ilovalarga nisbatan qo‘llanilgan. Agar dasturchi eski versiya uchun ilova yaratmoqchi bo‘lsa, u buni amalga oshirishi mumkin va o‘z foydalanuvchilaridan APK faylni qo‘lda yuklab olishlarinini so‘raydi. Agar Android ilovasi talab o‘zgargandan keyin yangilanmagan bo‘lsa, Play Store ilovani avval o‘rnatib olgan foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatishda davom etadi.

Yangi e’lon qilingan kodlarga ko‘ra, Android 14 eskirgan ilovalarni o‘rnatishni butunlay blokirovka qilib, API talablarini yanada kuchaytiradi. Ushbu o‘zgarish foydalanuvchilarning Google Store'ni chetlab o‘tib ma’lum APK fayllarini yuklashini, shunday bo‘lgan taqdirda keyinchalik o‘sha ilovani Google Store'dan ham yuklab olishni cheklaydi. 

Android 14 tizimi eski Android versiyalarga mo‘ljallangan ilovalarni o‘rnatishni bloklaydi. Eskirgan ilovalarni bloklash orqali Google Android tizimida zararli dasturlarning tarqalishini oldini oladi. Ushbu o‘zgarishlarni kiritgan dasturchining ta’kidlashicha, ba’zi zararli dasturlar faqat yangi ilovalarda qo‘llaniladigan ba’zi himoyalarni chetlab o‘tish uchun Android'ning eski versiyalarini nishonga oladi.

Agar foydalanuvchi biron bir sababga ko‘ra eskirgan dasturni o‘rnatishni xohlasa yoki o‘rnatishi kerak bo‘lsa, buni ayrim talablarni bajargan holda amalga oshirishi kerak bo‘ladi. Talab qilinadigan qo‘shimcha choralarni hisobga olsak, kimdir beixtiyor zararli dasturlarni o‘rnatib olish ehtimoli kamayadi.

O‘QING: Galaxy foydalanuvchilari! Galaxy Store ilovasi darhol yangilang! 

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!