Android 14 va Google'ning ChatGPT uchun javobi – bu yilgi Google I/O konferensiyasi qachon bo'lishi ma'lum bo'ldi

Android 14 va Google'ning ChatGPT uchun javobi – bu yilgi Google I/O konferensiyasi qachon bo'lishi ma'lum bo'ldi

Google kompaniyasi o'zining har yillik dasturchilar konferensiyasi, Google I/O tadbirining bu yilgi soni qachon bo'lib o'tishini e'lon qildi. Har yilgidek, tadbir odatiy joyda - Shoreline Amfiteatrida, Kaliforniyaning Mountain View shahridagi Google shtab-kvartirasining ro'parasida bo'lib o'tadi.

Google I/O asosan Android operatsion tizimining yangi versiyasini taqdim qilish, u haqida ma'lumot ulashish uchun o'tkaziladi. Albatta, bu hammasi bo'lmaydi. Biz bu yilgi konferensiyasida nafaqat Android 14, balki qidiruv tizimi gigantining bir qancha sun'iy intellekt mahsulotlari: ChatGPT raqibi – Bard bilan birga matnga ko'ra suratlar, ilovalar uchun kodlar yaratadigan va boshqalar bilan tanishishimiz mumkin.

Shuningdek, Google o'zining yangi Pixel qurilmalari, ehtimol, Pixel buklamafoni, plansheti, Pixel 7a va yangilangan Pixel Buds Pro simsiz quloqchinlarini ham namoyish etishi mish-mish qilinmoqda.

Google I/O konferensiyasining bu yilgi soni 10-may kuni bo'lib o'tadi.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.