Android 6.0 tizimiga ega ilk gibrid planshet Lenovo Yoga Book bo‘lishi mumkin

Android 6.0 tizimiga ega ilk gibrid planshet Lenovo Yoga Book bo‘lishi mumkin

Lenovo kompaniyasining yangi planshet kompyuteri Yoga Book deb nom oladi va u Android operatsion tizimida faoliyat ko‘rsatadi. Ya’ni, ushbu planshet Android 6.0 Marshmallow operatsion tizimidagi ilk gibrid qurilma bo‘lishi mumkin.

Lenovo Yoga – bu zoldirli, ya’ni oshiq-moshiqli Windows-noutbuklariga o‘xshash, ekrani 360° gradusga buriladigan  Android-qurilma bo‘lib, undan ham noutbuk, ham planshet o‘rnida foydalanish mumkin.

Yangi qurilmaning 10,1 dyuymli ekranining piksellar sig‘imi 1920 x 1200 belgiga teng bo‘ladi.

Yoga Book’ning apparat dasturiy ta’minoti 4 GB tezkor hamda 32 GB doimiy ichki xotiraga ega Intel Atom x5-Z8500 Cherry Trail protsessorida faoliyat ko‘rsatadi.

Planshet bugungi aloqa tarmoqlari bilan birgalikda, Wi-Fi, Bluetooth simsiz texnologiyasi, GPS aloqa tizimini qo‘llab-quvvatlaydi. Planshetning elektr toki sig‘imi 8500 mA soat bo‘lgan  akkumulyator batareyasi unga o‘rtacha foydalanganda 15 soat ishlash imkonini beradi.

Korpus qalinligi 9,6 mm bo‘lgan Lenovo Yoga Book’ning namoyish vaqti va narxi hozircha e’lon qilingani yo‘q.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!