Android 7.0 trafikni tejaydi

Android 7.0 trafikni tejaydi

Tez orada ma’lum bir smartfonlarda paydo bo‘lishi kutilayotgan Android 7.0 Nougat versiyasi Data Saver funksiyasi yordamida mobil internetni tejashga ko‘maklashadi.

Ushbu funksiya Android 6.0 Marshmallow versiyasida ham mavjud, ammo yangi versiyada u yanada aniqroq va samaraliroq ishlashi kutilmoqda.

Endilikda Android 7.0 versiyasidagi Data Saver funksiyasi mobil internet rejasi qarab (cheklangan yoki cheklanmagan) fondagi ilovalarning internetdan foydalanishini chegaralaydi.

Albatta, bunda o‘zingiz istagan ilovalarni internetdan doim foydalanadigan qilib sozlashingiz mumkin.

Ushbu funksiyani ishga tushirishdan asosiy maqsad trafikni tejashdir. Bu esa mobil internet qimmat bo‘lgan mamlakatlardagi foydalanuvchilarga trafikdan samarali va oqilona foydalanish imkoniyatini beradi.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.