Android 7.1.1 tizimidagi Samsung Galaxy Note 8 sinovdan o‘tkazilmoqda

  •   DiMaX
  •  1538
  •  02.06.2017 16:51

Android 7.1.1 tizimidagi Samsung Galaxy Note 8 sinovdan o‘tkazilmoqda

Janubiy Koreyalik gigant o‘zining navbatdagi fableti – Samsung Galaxy Note 8 modelini sinovlardan o‘tkazmoqda. Unga Android 7.1.1 Nougat versiyasi o‘rnatilgan holda savdoga chiqariladi, deb yozadi Galaxy-Droid.ru.

Mazkur onlayn-nashrning o‘z manbalariga tayanib ta’kidlashicha, Note 8 tomonlarining o‘zaro nisbati ham xuddi Samsung Galaxy S8 va S8 Plus’dagi singari – 18.5:9 ko‘rinishida. Agarda shu ma’lumot o‘z tasdig‘ini topsa, kompaniyaning Note qatoridagi yangi qurilmasi romsiz Infinity Display ekraniga ega bo‘ladi.

Smartfonning ichki xususiyatlari borasida hozircha aniq ma’lumotlar yo‘q. Biroq keyingi paytlarda tarqalgan ayrim mish-mishlarga ko‘ra, Galaxy Note 8 modeliga Exynos 8895 chipseti qo‘yiladi. Uning tezkor xotirasi 6 gigabaytga teng, doimiy xotirasi hozircha noma’lum. Asosiy kamerasi qo‘shaloq modulli bo‘lib, ob’yektivlari tikka joylashgan.

Navbatdagi flagman joriy yilning ikkinchi yarmida chiqishi ma’lum, ammo taqdimotning aniq sanasi hanuz sir saqlanmoqda. Samsung allaqachon Note 8 modelini sinovdan o‘tkazayotganiga ko‘ra, u yozning oxirlarida savdoga chiqariladi.

Eslatib o‘tamiz, Galaxy Note 8’ning suratlari avvalroq tarqab ketgan, DBS Designing studiyasi bo‘lajak ilg‘or gadjetning renderlarini tayyorlab, jamoatchilik e’tiboriga havola qilgan edi. Qurilmaning yangi avlod kamera innovatsiyasiga ega bo‘lishi haqida ham xabar berganmiz va uning videosini ham e’lon qilganmiz.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!