Android 9’gacha yangilangan Samsung flagman smartfonlarida yana bir muammo chiqdi

  •   DiMaX
  •  1809
  •  08.04.2019 08:53

Android 9’gacha yangilangan Samsung flagman smartfonlarida yana bir muammo chiqdi

Janubiy koreyalik texnogigantning sakkizinchi avlod flagman smartfonlariga yaqinda Android 9.0 Pie bazasidagi yangi proshivka tarqatilgan edi. Lekin ushbu yangilanishni o‘rnatib olgan foydalanuvchilar undagi muammolardan shikoyat qilishmoqda.

O‘QING: Android 9 o‘ta «ochofat» chiqdi, bu muammoni qanday hal etamiz?

Samsung Galaxy S8 modelida Android 9.0 Pie yangilanishidan keyin birinchi ko‘zga tashlangan muammo – akkumulyatorlarning quvvati tez tugab qolishi edi. Endi esa to‘rtinchi avlod uyali aloqa tarmog‘i – LTE bilan bog‘liq tashvish ham chiqdi.

Bu galgi muammo nafaqat Samsung Galaxy S8, balki Galaxy S8+ hamda Galaxy Note 8 flagmanlarida ham kuzatilmoqda. AQShning Sprint operatoriga ushbu smartfonlarni ishlatayotgan abonentlaridan ko‘plab shikoyatlar kelib tushgan. Android 9.0 Pie yangilanishini o‘rnatganlaridan keyin ularning telefonlari 4G tarmoqlariga ulana olmay qolgan. Bunda 3G hamda Wi-Fi tarmoqlariga ulanishda muammo yo‘q.

Sprint va Samsung kompaniyalarining mutaxassislari bu muammoni bartaraf etish uchun birgalikda harakat qilishmoqda, ammo hozircha biror natija yo‘q.

O‘QING: Galaxy S9 hamda S9+ egalari ulardagi jiddiy muammodan shikoyat qilishmoqda