Android 9 Pie’ga o‘tmoqchimisiz? Yodda tuting: orqaga yo‘l yo‘q!

  •   DiMaX
  •  4051
  •  09.08.2018 11:36

Android 9 Pie’ga o‘tmoqchimisiz? Yodda tuting: orqaga yo‘l yo‘q!

Google kompaniyasi Android 9’ning final versiyasini 20 avgustda chiqarishi kutilgan edi. Ammo qidiruv giganti 6 avgustdayoq uni taqdim etdi va bu talqinning «Pie» – «Pirog» deb nomlangani aniq bo‘ldi.

O‘QING: Google OS Android 9.0 ni chiqarmoqchi

Yangi talqindagi operatsion tizimning taqdimot kunidanoq Pixel, Pixel XL, Pixel 2, Pixel XL 2 hamda Essential Phone smartfonlarini bu versiyagacha yangilash imkoni taqdim etilgan.

Shundan ikki kun o‘tib, yana ikkita smartfon modeli uchun Android 9 Pie’ga asoslangan proshivka chiqdi. Bular – Nokia 7 Plus hamda Xiaomi Mi Mix 2S rusumli mobil telefonlardir.

O‘QING: Nokia va Xiaomi’ning ikkita smartfoni allaqachon Android 9.0 Pie’gacha yangilandi. Navbatda qaysilari?

Lekin masalaning ikkinchi tomoni ham bor ekan: Gizchina nashrining yozishicha, Android 9 Pie talqinidagi tizimga bitta noxush yangilik ham tatbiq etilgan. Ya’ni, bu versiyagacha yangilangan smartfonni Android’ning oldingi talqinlariga, hatto boshlang‘ich sozlamalaridagi Android’ga ham qaytarish imkoni bo‘lmas ekan!

Ushbu opsiya aslida Android’ning avvalgi talqinlarida ham mavjud bo‘lgan, ammo uni tanlash ixtiyoriy edi. Google uni endi majburiy shart tarzida joriy qilibdi – Android 9 Pie talqiniga o‘tgach, ortga yo‘l yo‘q!

Xullasi kalom, agar sizning smartfoningizga ham ertami-kechmi Android 9 Pie apdeyti «havo orqali» kelib qolsa, yangilashdan avval shuni e’tiborga olishingizni tavsiya etamiz.

O‘QING: Android 9 P operatsion tizim talqini umuman betakror! («jonli» video)

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!